Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning 2 nafariga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Inson dunyoga kelganida unga ilk beriladigan hujjat uning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasidir. Agar u bo’lmasa ko’plab muammolarni keltirib chiqarishi aniq. Viloyatimizdagi 200 o’ringa mo’ljallangan 29-sonli mehribonlik uyida 72 nafar tarbiyalanuvchi bor. Ularning barchasini ham hujjatlari to’g’ri deya aytolmaymiz. DXA viloyat boshqarmasi tomonidan 2 nafar qizning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud emasligi aniqlandi. Boshqarma hamda shahar FHDY bo’limi mutassadilarining aralashuvi natijasida qisqa muddat ichida ushbu masala hal etildi.
- 2006-yilda tug’ilganman guvohnomam bor edi ammo oilaviy sharoit sabab yo’q bo’lgan. Mana hozir qo’limga “metirka” olib turibman. Aynan shu guvohnomam bo’lmaganligi sababli hech qaysi tanlovda qatnasholmas edim. Аna endi bu muammo hal bo’ldi. Endi maqsadim sari olg’a qadam tashlayman- deydi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Marjona Urdusheva.
Marjona singari tug’ilganlik haqidagi guvohnomasiga ega bo’lgan inson 2006-yil 24-aprel kuni Jizzax shahrida tug’ilgan Vazira Mahmudova. Bugun ularning ham quvonchi cheksiz.
Mutassadilarning o’z ishiga ma'suliyat bilan yondashishi yillar davomida yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etadi.
Vahob Abdug’aniyev
Yosh jurnalistlar maktabi o’quvchisi