28 июль 2015

Zominda milliy o‘yinchoqlar festivali bo‘ldi

 

O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, partiya Jizzax viloyat va Zomin tuman Kengashlari "Ayollar qanoti” tomonidan Zomin tumanidagi 12 - son bolalar musiqa va san’at maktabida mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab  "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida milliy o‘yinchoqlar festivali o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zMTDP Markaziy Kengashi a’zolari, hududiy partiya tashkilotlari xodimlari, mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, "Ayollar qanoti” faollari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir ishtirokchilari viloyatning qo‘li gul usta- hunarmandlari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, to‘quvchilik, tikuvchilik, kashtachilik, rassomchilik kabi yo‘nalishlardagi ishlar  xalqimizning boy ijodkorlik mahorati, yaratuvchanlik ishtiyoqi va salohiyatini o‘zida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Xalq og‘zaki ijodining betakror durdonalari bo‘lgan lapar, aytishuv, o‘lan va qo‘shiqlar, folklor-etnografik jamoalarining chiqishlari esa tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

- Bugun yurtimizning har bir go‘shasida istiqlol shukuhi hukmron. Keng bilimli, erkin fikrlaydigan, o‘z qarashlarida milliy g‘oyamizga tayangan, milliy ma’naviy qadriyatlarga sadoqatli yoshlarni kamol topdirish O‘zMTDP saylovoldi Dasturining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Partiya "Ayollar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur milliy o‘yinchoqlar festivali ushbu dasturiy vazifalarning ijrosiga xizmat qiladi, deydi O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi raisi G‘ayrat Qodirov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli xil hurujlar, farzandlarimiz ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli tahdidlar kuchayotgan bugungi davrda, ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umumilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish tarbiyadagi eng ustuvor vazifalardan biri. Bunda o‘yinchoqlarning o‘rni katta bo‘lib, mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan, ekologik xavfsiz, pedagogik-psixologik, sanitariya-gigiena va badiiy dizayn talablariga to‘liq javob beruvchi milliy o‘yinchoqlar yosh avlod ongida milliylikka sadoqatni yuksaltirishda muhim o‘rni tutadi. Bugungi kunda aksariyat bolalar xorijda ishlab chiqarilgan, milliy mentalitetimizdan yiroq bo‘lgan o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarni o‘ynab ulg‘ayishmoqda. Milliy qadriyat va an’analarga, odob-axloq mezonlariga zid, aksariyati urush va jangarilikni aks ettiruvchi o‘yinchoqlar, haddan ziyod zamonaviylik, tannozlikni targ‘ib qiluvchi ko‘plab qo‘g‘irchoqlarning jajji farzandlarimiz qalbidagi mehr-shafqat, odamiylik tushunchalariga darz etkazmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Shunday ekan, yosh avlod qalbida bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvatli bo‘lish tuyg‘ularini o‘stirishda, boy  ma’naviyatimiz haqida to‘liq tasavvur uyg‘otib, xalqimiz turmush tarziga yot g‘oyalardan asrashda milliy o‘yinchoqlarning rolini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.

 Festivalda viloyatning Yangiobod, G‘allaorol, Baxmal, Do‘stlik, Mirzacho‘l, Forish, Paxtakor, Zafarobod, Zarbdor  kabi turli hududlaridan kelgan o‘yinchoqsoz ustalar, mohir hunarmandlar tomonidan namoyish etilgan bejirim, o‘zida milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan, milliy qahramonlar, o‘zbek xalq ertaklari personajlari, xalqimizning ko‘p asrlik boy va betakror estetik, ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini aks ettirgan o‘yinchoqlar bu kabi tahdidlarga qarshi kurashda samarali vosita bo‘lishi e’tirof etildi.

Festival yakunida faol ishtirok etganlar O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Jizzax viloyat Kengashining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Dilnoza Hayitova, O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot kotibi  

 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati xabarlari

O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati  xabarlari
Yangiobod. "Jizzax viloyatida ekoturizm rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston "Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Yangiobod tuman Kengashi tomonidan

"Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” yoshlar festivali yakunlandi

5 iyun kuni Jizzax shahridagi "Sangzorko’l” majmuasida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish” DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy

Jizzaxda “Milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va kreativ axborot muhitini yaratishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda “Milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va kreativ axborot muhitini yaratishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyat Ma’naviyat-targ‘ibot markazida  O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat va Jizzax shahar Kengashlari tomonidan  "Milliy axborot xavfsizligini

Jizzaxda "Milliy sport turlari va xalq o’yinlari" festivali boshlandi

Jizzaxda
 2014 yilning 12 noyabr kuni Jizzaxda"Milliy sport turlari va xalq o’yinlari" festivali boshlandi.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: