07 мая 2016

Viloyat hokimligida bo'lgan matbuot anjumanida A.Qobilov ishtirok etdi

  2016 yil 6 may kuni Jizzax viloyat hokimligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat sohasidagi rejalar, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumanida viloyat hokimining o’rinbosari Rustam Kenjayev, Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani avvalida viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko’rsatish va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari Rustam Kenjayevning ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, bu boradagi vazifalar to’g’risida so’z bordi. Joriy yilning o’tgan davrida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng muhim dasturlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes sub’yektlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

    Viloyat hokimligida bo'lgan matbuot anjumanida A.Qobilov ishtirok etdi

 Natijada asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar ijrosi bo’yicha;

 2016 yil 1-choragida barcha asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’sish sur’atlari ta’minlandi. Jumladan, viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmining o’sish darajasi 108,6 foizni (prognoz 108,6%) tashkil etdi.

O’sish darajalari prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan:

Sanoat mahsulotlarida 110,5 foizni (prognoz 109,8%), shu jumladan, hududiy sanoatda 116,6 foizni (116,5%), iste’mol mollari ishlab chiqarishda 107,9 foizni (107,0%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarida 106,6 foizni (105,8%), pudrat ishlarida 112,0 foizni (111,6%), chakana tovar aylanishida 113,6 foizni (113,5%), jami xizmatlarda 117,1 foizni (114,0%), pullik xizmatlar ko’rsatishda 113,7 foizni (113,0%), hududiy eksport 11,8 mln AQSH dollarni (100,1%) tashkil etdi.

Yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 16,7 foizni (+0,6), qurilish sohasining ulushi 12,5 foizni (+1,0), qishloq xo’jaligining ulushi 10,5 foizni (-1,1), savdo va umumiy ovqatlanish sohasining ulush 11,6 foizni (+0,3), soliqlarning ulushi 6,0 foizni (+0,8), boshqalar 28,2 (-0,9) foizni tashkil etdi.

Yalpi hududiy mahsulotda: kichik biznesning ulushi 61,6 foizni (+0,1), xizmatlarning ulushi 56,7 foizni (-1,3) tashkil etdi.

Sanoat. 2016 yil 1 choragida viloyatda 372,8 mlrd so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi (o’sish 110,5 %). Ushbu mahsulotning 168,7 mlrd so’mi (45,3 %) hududiy korxonalar hissasiga to’g’ri kelib, o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasi 116,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlarining 183,0 mlrd so’mi (49,1 %) iste’mol tovarlari tashkil etdi.

Xizmat ko’rsatish. Hisobot davrida 402,3 mlrd so’mlik xizmatlar ko’rsatilib, o’tgan yilga nisbatan 117,1 foizga o’sdi.

2016 yilda asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’sish prognozi:

– Yalpi hududiy mahsulot 109,1 foiz, sanoat mahsulotlari 113,4 foiz, shu jumladan, hududiy sanoat 117,5 foiz, iste’mol mollari ishlab chiqarish 114,3 foiz, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari105,8 foiz, pudrat ishlari 111,8 foiz, chakana tovar aylanishi 115,2 foiz, jami xizmatlar 119,5 foiz, pullik xizmatlar ko’rsatish 114,2 foiz.

Yalpi hududiy mahsulotda:

kichik biznesning ulushi 80,7 foizni (+0,6), xizmatlarning ulushi 38,1 (+0,2) tashkil etdi.

2016 yil 1 yarim yillikda asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar o’sish prognozi:

– Yalpi hududiy mahsulot 109,0 foiz, sanoat mahsulotlari 109,5 foiz, shu jumladan, hududiy sanoat 116,8 foiz, iste’mol mollari ishlab chiqarish 105,1 foiz, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari 105,9 foiz, pudrat ishlari 110,5 foiz, chakana tovar aylanishi 113,6 foiz, jami xizmatlar 114,5 foiz, pullik xizmatlar 112,9 foiz, hududiy eksport 40 mln dollar etib belgilangan.

   Viloyat hokimligida bo'lgan matbuot anjumanida A.Qobilov ishtirok etdi

 2016 yil 1 chorakda jami 356 ta, jumladan sanoat yo’nalishida 30 ta, qishloq xo’jaligi yo’nalishida 165 ta xizmat ko’rsatishda 161 ta loyihalar amalga oshirildi.

 Joriy yilning 2 choragida jami 957 ta (loyiha qiymati 115,7 mlrd. so’m, bank krediti 37,8 mlrd. so’m, ish o’rni 4554ta) jumladan sanoat yo’nalishida 106 ta, qishloq xo’jaligida 595 ta xizmat ko’rsatishda 256 ta loyihalar amalga oshiriladi.

Loyihalarning G’allaorol tumanida 299 ta (loyiha qiymati 21,0 mlrd.so’m, bank krediti 4,5 mlrd.so’m, ish o’rni 1449ta), Baxmal tumanida 160 ta (loyiha qiymati 12,8 mlrd.so’m, bank krediti 1,1 mlrd.so’m, ish o’rni 673ta), Jizzax shahrida 76 ta (loyiha qiymati 28,7 mlrd.so’m, bank krediti 10,1 mlrd.so’m, ish o’rni 596 ta), Zomin tumanida 75 ta (loyiha qiymati 12,3 mlrd. so’m, bank krediti 2,9 mlrd. so’m, ish o’rni 404 ta), Jizzax tumanida 59 ta (loyiha qiymati 13,1 mlrd.so’m, bank krediti 8,1 mlrd.so’m, ish o’rni 381ta) loyihalar amalga oshiriladi.

Viloyatda "2015-2019 yillarda butlovchi qismlar va tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qarori asosida 4 ta korxonada 6 ta mahalliylashgan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Jumladan, Respublika tassarufidagi 1 ta "Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyati hamda xududiy tasarrufda 3 ta "Imorat ADA” xususiy korxonasi, «Olmachi polimer» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Quyosh issiqlik energiyasi» qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida mazkur korxonalarda 431,5 mlrd so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 195,6 mln so’mlik mahsulotlar sotilgan va mahalliylashtirish hisobiga 130 ming dollarlik valyuta iqtisod qilindi.

2016 yil 1 yarim yillikda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 3 mlrd so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi «2015-2019 yillarda tayyor maxsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish dasturi to’g’risida»gi PQ-2298-sonli qaroriga Jizzax viloyati bo’yicha qo’shimcha 6 ta korxona tomonidan 18 loyihalar kiritish maqullandi.

Jizzax shahrida 2017 yilda "Beek Elektro” MCHJ tomonidan413 ming dona 13 turdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi va mahalliylashtirish darajasi o’rtacha 37,5 foizni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi "Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida”gi PF-4516-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

"Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida umumiy qiymati 158,2 mln. dollar, shundan52,0 mln. dollari xorijiy investitsiyalar bo’lgan jami 24 ta loyihani amalga oshirish ma’qullangan.

   Viloyat hokimligida bo'lgan matbuot anjumanida A.Qobilov ishtirok etdi

 Joriy yilning 1 aprel holatiga 62,6 mln. dollar bo’lgan 17 ta loyiha ishga tushirilibjami 1000 dan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Shulardan:

 Umumiy qiymati 15,6 mln. dollar bo’lgan 4 ta loyiha 2014 yilda "Jizzax” MIZ hududining Sirdaryo filialida ishga tushirilgan bo’lsa, umumiy qiymati 47,0 mln. dollar bo’lgan loyihalar 2014-2016 yillarda qiymati 12,0 mln. dollarlik "O’zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi 3ta loyihasi, qiymati 5,8 mln. dollarlik "O’zbekenergo” AJ 2ta loyihasi, qiymati 1,85 mln. dollarlik "O’zbekengilsanoat” AJ 2 ta loyihasi, qiymati 3,6 mln. dollarlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2 ta loyihasi, qiymati 7,0 mln. dollarlik "O’zqurilishmateriallari” AK 1 ta loyihasi va qiymati 16,8 mln. dollarlik Jizzax viloyati hokimligi tasarrufidagi 3 ta loyiha ishga tushirilgan.

2015 yil yakunlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 102,0 mlrd. so’mni, eksport hajmi esa 6,4 mln. dollarni tashkil qildi. Joriy yil I chorak yakunlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 28,9 mlrd. so’mni (istiqbol rejasiga nisbatan 42,8%), eksport hajmi esa 1,7 mln. dollarni (istiqbol rejasiga nisbatan 20,5%) tashkil qildi.

Amalga oshirilayotgan 7 ta loyiha bo’yicha ishlab chiqarish va ma’muriy binolar qurilishi, asbob-uskunalarni yetkazib kelish va o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Shundan 4 tasi joriy yilning II-III-choraklarida foydalanishga topshiriladi.

"Jizzax” MIZ Ma’muriy kengashi qarorlariga muvofiq dastlabki qiymati 213,3 mln. dollarga teng bo’lgan 25 ta istiqbolli investitsiyaviy loyihalar bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

24 ta loyiha bo’yicha "O’zeltexsanoat” AJ, "O’zfarmsanoat” AK, "O’zkimyosanoat” AJ, "O’zbekengilsanoat” AJ, «O’zbekoziqovqatxolding» XK, "O’zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi tomonidan bo’lajak investorlarni jalb etish, hamkorlar bilan loyihalarni amalga oshirish shartlari va bosqichlarini kelishish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda bandlik dasturi ijrosi yuzasidan viloyatda 40090 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga viloyat hokimining o’rinbosari R.Kenjayev va Jizzax shahar hokimi A.Qobilovlar tomonidan atroflicha javob berildi.

Manba:Viloyat hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzaxda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning birinchi chorak yakunlariga bag’ishlangan faollar yig’ilishi bo’ldi

Jizzaxda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning birinchi chorak yakunlariga bag’ishlangan faollar yig’ilishi bo’ldi
Viloyat hokimligida viloyat faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda "2016 yilning birinchi choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va joriy yilgi iqtisodiy

2015 YILDA O'ZBEKISTONDA 2,2 TRLN. SO'MLIK KIMYO MAHSULOTI ISHLAB CHIQARILDI

2015 YILDA O'ZBEKISTONDA 2,2 TRLN. SO'MLIK KIMYO MAHSULOTI ISHLAB CHIQARILDI
Bugungi kunda O'zbekiston kimyo sanoati jadal sur'atlarda rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar, kaltsiylashtirilgan soda, sirka

Jizzax shahar hokimi dеputatlarga hisobot bеrdi

Jizzax shahar hokimi dеputatlarga hisobot bеrdi
2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan    - 115,5 foizga (428 852,1 mln. so‘m);- xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish - 114,5 foizga (194 390,0 mln.