02 мая 2016

Jizzax shahrida “Mehribon qaynona” aniqlandi

 

Yurtimizda xotin-qizlarning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, farzandlarimiz, ayniqsa qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, hayotdan munosib o‘rin olishlari yo‘lida mustaqilligimizning ilk yillaridanoq izchil ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom ettirib kelinmoqda.

Xususan, "Mustahkam oila yili”, "Obod turmush yili”, "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturlarining ijrosi samarali ta'minlangani fikrimizning isbotidir. Mazkur dasturlarda oila institutini mustahkamlash, ayollarning jamiyat hayotidagi roli va nufuzini yuksaltirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarga alohida o‘rin berilganligini ta'kidlash lozim.

Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2016 yilga "Sog‘lom ona va bola yili” deya nom berar ekanlar, "Eng muhimi,"Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi”degan hayotbaxsh g‘oya har bir yurtdoshimizning qalbiga chuqur kirib borishi, ana shu ulug‘ ishga munosib hissa qo‘shish barchamizning muqaddas vazifamizga aylanishi lozim”- dedilar.

Darhaqiqat, oila jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Oilada yaqinlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, sahovatpeshalik, do‘stlik singari umrboqiy tuyg‘ularning sayqal topishi, oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishida qaynonalarning o‘rni beqiyos.

Jizzax shahrida “Mehribon qaynona” aniqlandi

 Jizzax shahrida “Mehribon qaynona” aniqlandi

 

Kuni kecha Jizzax shahrining Forum majmuasida Jizzax shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan "Mehribon qaynona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora To‘raeva kirish so‘zi bilan ochdi.

Tanlovning maqsadi - oilalardagi sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirish, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli, milliy, diniy an'analar hamda urf odatlarni saqlash va rivojlantirish, ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlash borasidagi keng qamrovli ishlarni targ‘ib qilish, oilaning ma'nan rivojlanishida qaynonalarning rolini oshirish, shuningdek, ularning ilg‘or hayotiy tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

Tanlovda hududiy bosqchilarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar qaynonalar 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Jizzax shahrida “Mehribon qaynona” aniqlandi

 Jizzax shahrida “Mehribon qaynona” aniqlandi

 

Ko‘rik-tanlov davomida qaynonalarning intelektual salohiyati, aktrisalik mahorati bilan birga oiladagi muammolarni hal qilishda ularning o‘rni va tavsiya, ko‘rsatmalari sinovdan o‘tkazildi.

"Ko‘rik-tanlov shartlarida jamiyatimizda uchrayotgan oilaviy muammolarni hal etishda qaynonalarning o‘rni, yoshlar tarbiyasida ularning mas'uliyati, qaynona va kelinlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-oqibat masalalalarining ko‘rsatib berilgani yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Oila tinch bo‘lsa, yurtda osoyishtalik bo‘ladi, ishimizda unum bo‘ladi. Albatta, oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onni elga na'muna qilishda qaynonalarning o‘rni beqiyos. Bu yo‘lda jonkuyarlik qilib kelayotgan fidoiy qaynonalarimiz baxtimizga omon bo‘lishsin”, deydi "Oila”ilmiy amaliy markazi viloyat bo‘limi rahbari Farog‘at Sattorova.

Tanlov natijalariga ko‘ra, "Toshloq” mahallasida yashovchi Ma'mura Urdusheva g‘olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!
  Ayol - jamiyat ko‘rki, uning duru gavharidir! Har jihatdan sog‘lom va barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan, oilada sevimli beka, jamoat ishlarida doim faol bo‘lgan ayollarni

Matbuot anjumani sog‘lom ona va sog‘lom bola tamoyilini qaror topshirishga bag‘ishlandi

Matbuot anjumani sog‘lom ona va sog‘lom bola tamoyilini qaror topshirishga bag‘ishlandi
2015 yil 15 iyul kuni viloyat hokimligida "Sog‘lom ona – sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, oilada tibbiy

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar