19 апреля 2016

Qizil Yarim Oy Jamiyati Rayosat yig’ilishida tashkiliy masala ko’rildi

O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Jizzax viloyat tashkilotining navbatdagi Rayosat majlisi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati raisi H. Karimov, viloyat hokimi o’rinbosarlari E. Ismatov, G. To’rayeva hamda hamkor tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

2016-04-18_160624Rayosat majlisida tashkiliy masala – O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Jizzax viloyat tashkilotining Raisi va ijrochi direktorini saylash masalasi ko’rib chiqildi. Gadoyev Olmos Norpo’latovich O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati raisi, Donishev Said Ibragimovich viloyat tashkiloti ijrochi direktori etib saylandi. Shuningdek, majlisda O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Jizzax viloyat tashkilotining yangi tarkibdagi Rayosat a’zolari va taftish komissiyasi a’zolari ham saylandi. Jamiyatning 2016 yildagi sarf-xarajatlar smetasi va "Sog’lom ona va bola yili” da amalga oshiriladigan ish rejasi tasdiqlandi.

Shu bilan birga, "Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturida belgilangan vazifalarni ta’minlash, jamiyatning viloyat tashkiloti, shahar va tuman bo’limlari xodimlari va mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish bo’yicha seminar ham tashkil etildi.2016-04-18_160700

Seminar davomida O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Jizzax viloyat tashkilotining Milliy Jamiyatning XXI Qurultoyi qarorlarini bajarish borasidagi vazifalari, O’zbekiston QYAO jamiyati faoliyati va rivojlanishida Ustavning ahamiyati, tashkilotda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritish, xalqaro gumanitar bilimlar targ’ibotini olib borish, xodimlar bilan ishlashni rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida mini-futbol bo’yicha “Istiqbol kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida mini-futbol bo’yicha “Istiqbol kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi
O’zbekiston XDP Jizzax viloyat Kengashi "Istiqbol” yoshlar qanoti tashabbusi bilan Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejining sport zalida viloyat Adliya, viloyat Ichki ishlar boshqarmalari, O’zbekiston

Jizzax shahar hokimligining 2016 yil I - yarim yilligi ish rejasi to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining Qarori

Jizzax shahar hokimligining  2016 yil  I - yarim  yilligi ish rejasi  to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining Qarori
 Jizzax shahar hokimligining   2016 yil I - yarim yilligi ish rejasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2016 yil 25 yanvardagi 5-sonli yig‘ilish

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish” DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy