01 марта 2016

“Zulfiyaxonim izdoshlarimiz” ko‘rik-tanlovi

 Jizzax shahridagi 24-umumta'lim maktabida shoira Zulfiyaxonim tavalludining 101 yilligiga bag‘ishlangan "Zulfiyaxonim izdoshlarimiz” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

“Zulfiyaxonim izdoshlarimiz”  ko‘rik-tanlovi

 “Zulfiyaxonim izdoshlarimiz”  ko‘rik-tanlovi

 “Zulfiyaxonim izdoshlarimiz”  ko‘rik-tanlovi

 Tadbirni maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nargiza Joynarova ochib berdi. Tanlovda 8-9-sinf o‘quvchi qizlari 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Ishtirokchilar tadbir davomida pazandalik, topqirlik mahoratini namoyon etdi. Shuningdek, Zulfiya siymosi ularning ijodi va hayotida qanday o‘rin egallaganini she'r hamda qo‘shiq, sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi. Tanlovda barcha shartlar bo‘yicha yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 8-sinf o‘quvchisi Durdona Mirzaeva g‘olib deb topildi. Boshqa ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

 G‘oliblarga maktab ma'muriyati va "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Zulfiyaxonim tavalludining 101 yilligi keng nishonlanmoqda

Zulfiyaxonim tavalludining 101 yilligi keng nishonlanmoqda
Zulfiyaxonim tavalludining 101 yilligi keng nishonlanmoqda      Go‘zallik, vafo va sadoqat...   U umr bo‘yi shu tuyg‘ularni qadrlab yashadi. Dilidagi ash’orlar tiliga ko‘chgan,

Maftunkor ranglar olamida

Maftunkor ranglar olamida
"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Zarbdor tuman Kengashi qoshidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan joriy yilning 28 oktyabr kuni Zaif eshituvchilar maxsus maktab internatida  "Maftunkor

Jizzaxda Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab “Sajdagohim tanho Vatan” mavzusida “Adabiyot bayrami” bo‘ldi

Jizzaxda Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab “Sajdagohim tanho Vatan” mavzusida “Adabiyot bayrami” bo‘ldi
 Jizzax shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab "Sajdagohim tanho Vatan” mavzusidagi "Adabiyot bayrami” bo‘lib o‘tdi.