“Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari o’rtasida ijtimoiy sheriklik bo’yicha eng yaxshi g’oya” tanlovi to’g’risida e’lon

O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar Milliy Assotsiatsiyasi NNTlar o’rtasida tajriba almashish jarayonini qo’llab-quvvatlab, ularning nizomidagi maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirishi uchun turli festivallar va tanlovlarni tashkillashtiradi. Joriy yilda Assotsiatsiya "Sog’lom bola yili”Davlat dasturi va "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”giO’zbekiston Respublikasi qonuni bajarilishini bog’lagan holda, Assotsiatsiya o’z a’zolarini tanlovlarda ishtirok etishga taklif etadi.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari o’rtasida ijtimoiy sheriklik bo’yicha eng yaxshi g’oya” tanlovi to’g’risida e’lon

 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

 

1.O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiya nomiga erkin shakldagi xat;

2.Tashkilot Adliya idoralarida ro’yxatga olinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;

3.O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasiga a’zolikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

4. NNTlar g’oyani umumlashtirib, loyiha doirasida shakllantirishlari taklif etiladi. Loyihalar NNT nizomida ko’rsatilgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik sohalardagi (1) kompleks xizmatlar, (2) loyihaning hal etuvchi asosiy maqsadi va vazifalari, (3) NNT resurs ulushi, (4) aholini minimal va maksimal qamrovi, fuqarolarning ijtimoiy guruhi, (5) davlat va boshqa hamkorlikdagi eng yaxshi g’oyani berishi lozim.

Taqdirlash shakli:

birinchi o’ringa – 1-darajali diplom va kompyuter komplekti;

ikkinchi o’ringa – 2-darajali diplom;

uchinchi o’ringa – 3-darajali diplom.

Shuningdek, turli yo’nalishlar bo’yicha rag’batlantiruvchi diplomlar, sertifikatlar va qimmatbaho mukofotlar topshiriladi.

Tanlovga hujjatlar 2014 yil 5 noyabrdan 2014 yilning 1 dekabrigacha qadar qabul qilinadi.

Tanlovga hujjatlar konvert (A4 format) da O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiya (Toshkent shahri, 100047, Amir Temur shoh ko’chasi, 14-uy) qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilishda pochta shtempelidagi jo’natish sanasi inobatga olinadi. Hujjatlar to’g’ridan-to’g’ri topshirilganda, arizalar O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyada shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 900 dan 1700 gacha qabul qilinadi.

Barcha hujjatlar Times New Roman shriftida, 14 keglda rasmiylashtirilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo’shimcha ma’lumotlarniwww.ngo.uzsayti yoki (+99871) 233-35-26 telefon raqami orqali olish mumkin.

Tanlov tashkiliy qo’mitasi


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 19-11-2014, 10:30
0
5336

Похожие публикации


Наверх