14 март 2015

Qora bozordagi “Ajal”

Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga taxminan 400 milliard AQSH dollarini tashkil etib, dunyo bo‘ylab giyohvand moddalarni iste’mol qilish ko‘lami, tez fursatda keng quloch yozib,  insonlar, ayniqsa,  ular orasida yoshlarni o‘z domiga tortib ketmoqda.

Qora bozordagi  “Ajal”

 

Ma’lumki, giyohvandlik moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyati o‘ta xavfli jinoiy qilmishlar sirasiga kirib, boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston uchun ham bu muammo dolzarbligicha qolmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda narkotik moddalarning aylanma savdosi yiliga taxminan 500-800 milliard AQSH dollarini tashkil etib, bu "zahriqotilni” er yuzuda 200 milliondan ziyod odam iste’mol qilar ekan. Achinarlisi, ularning soni yil davomida 80 mingtadan oshib boradi . Eng yomoni har kuni bu "ajal urug‘i” ignasidan 235 ta cha odam hayotdan ko‘z yumadi. Qurbonlarning yillik soni esa 120 mingdan oshib ketayapti. Biz uchun o‘ta xavfli yana bir haqiqat borki, bunga aslo beparvolik bilan yondashib bo‘lmaydi. Yon qo‘shnimiz usha "afyun”ni etishtirish va sotish bo‘yicha Afg‘oniston , shundoqqina biqinimizdagi birinchi raqamli hisoblanadi. Jumladan, dunyodagi narkotik moddalarni etishtiradigan er maydonlarning 63 foizi ayni afg‘on zaminiga to‘g‘ri keladi. Bu erda istiqomat qilayotgan 250 mingdan ziyod oila ko‘knori etishtirar, shunga yarasha ham "yaxshigina” bo‘lib 2010 yilda gektaridan 29,2 kilogram ko‘knori olingan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatgich 44, 5 kilogram bo‘lib, 2014 yilda bir necha barobar yo‘qori miqdorni tashkil etgan. Shu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, giyohvandlik har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘liga g‘ov bo‘lish barobarida, ayniqsa yigit-qizlarning salomatligi, kelajagi, hayotiga rahna soladi. Bu xavfning oldini olish nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki barcha jamoat tashkilotlari va har bir yurtdoshimizning eng muhim burchidir.

Narkobiznesga qarshi kurashishda BMTning Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashga doir Konvensiyasi muhim o‘rin tutadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik juda katta rol o‘ynaydi. 1961 yilning mart oyida Nyu-York shahrida imzolangan va hozirga qadar dunyoning 170 ga yaqin davlati qo‘shilgan "Giyohvandlik moddalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyada barcha turdagi giyohvandlik operatsiyalari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. BMT Bosh Assambleyasining 1988 yilning dekabrida Venada bo‘lib o‘tgan konferensiyasida BMTning "Narkotik va psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilishga qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya”si qabul qilinib, u 1990 yilning 11 noyabridan kuchga kirdi. Ushbu Konvensiyaga ayni paytda 150 dan ortiq davlatlar qatori O‘zbekiston ham qo‘shildi.

1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Shunga asosan, respublikamizda giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlari muntazam uyushtirilib, bu yo‘nalishdagi jinoyatlar ildizini qirqishning samarali choralari ko‘rilayapti.

Akmal Binoqulov


 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Giyohvandlik- barchamizga dushman

Giyohvandlik- barchamizga dushman
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini chuqur o’ylantirayotgan muammolar talaygina. Biroq giyohvandlik deb atalmish  illat  haqida alohida to’xtalmaslikning iloji

Bugungi kunda yagona portal orqali 230 ta interaktiv xizmatlar ko’rsatilyapti

Bugungi kunda yagona portal orqali 230 ta interaktiv xizmatlar ko’rsatilyapti
O’tgan vaqt mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolar va tadbirkorlarga umumiy holatda 110 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko’rsatildi.  

Jizzaxda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish mavzusida davra suhbati bo'ldi

Jizzaxda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish mavzusida davra suhbati bo'ldi
 Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasining Konvensiyani bajarishga doir To’rtinchi milliy ma’ruzasining CEDAW Qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqilishi yakunlari muhokama etildi. Xotin-qizlar

Odam savdosi — inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi — inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: