Farg‘onada elektr uzilishlar bo‘yicha mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘onada elektr uzilishlar bo‘yicha mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
Жамият
10:46, 21 ноябрь 2020
1 483
0

 Farg‘ona viloyat prokuraturasi hududlarda 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlari kuzatilayotganini aniqlab, elektr tarmoqlari mansabdorlariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi.

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan elektr tarmoqlari va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berilishining ahvoli o‘rganildi, deya xabar qildi O‘zA.

Nazorat tadbirlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘ladigan avariyalarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mobil guruhlar faoliyati talab darajasida tashkil ularning moddiy-texnik bazasi to‘liq tashkil etilmaganligi oqibatida viloyat hududlarida kuniga 3 soatdan 28 soatgacha elektr energiyasi yetkazib berilishida uzilishlar kuzatilganligi aniqlangan.

Quva tumanida 3 soatdan 28 soatgacha, Qo‘shtepada kuniga 3−7 soatgacha, Furqatda 9 soatgacha, Marg‘ilon shahar, Beshariq, Toshloq, O‘zbekiston, Oltiariq va Yozyovonda 4 soatgacha, Bag‘dod 3 soatgacha, Rishton, Buvayda va Dang‘arada 5 soatgacha, Uchko‘prikda 2 soatgacha uzilishlar kuzatilgan.


Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan ushbu holatlar yuzasidan viloyat, tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 198-moddasi 1-qismida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik) ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.

скачать dle 12.0
Ctrl
Enter
Хато топдингизми?Илтимос
матнни белгиланг ва Ctrl+Enter ни босинг
Комментарии (0)
Биз
[rating-type-4]
[/rating-type-4]
Топ мақолалар
Жиззахда ННТ юристлари аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини оширмоқда Жиззахда ННТ юристлари аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини оширмоқда
2024 йил 26-январ куни Зомин туман Оила ва хотин-қизлар бўлими, “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази билан ҳамкорликда...
03.03.24
65
0
Коррупцияга қарши курашишда қонунларимизда нима дейилган Коррупцияга қарши курашишда қонунларимизда нима дейилган
Бугунги кунда коррупция муаммосига жаҳоннинг деярли ҳар бир мамлакатида дуч келиш мумкин. Коррупция сўнгги йилларда...
26.02.24
87
0
18+ Цена jizzaxcity.uz Яндекс.Метрика