01 март 2017

Ayol borki olam munavvar!

Ona – farzand uchun yagona. Chunki ona farzandni dunyoga keltiradi, unga yurak qurini beradi, yaxshilikka yondashtiradi, yomonliklarga qalqon bo‘ladi. Shuning uchun ham farzand onasining oldida bir umr qarzdordir. Onaning jasoratga to‘la yuragi, daryolarga qiyos qalbi mavjud. Shunday ekan, onalarining faqat va faqat duosini olish lozim.

Onaning duosi – behisob oltin,

Oltin terish bilan o‘tkaz xayoting.

Qarg‘ishin olsang gar, oh, ona zotin,

Kuyib ketgusidir jonu bisoting.

Buyuklikda ham, suyuklikda ham onaga teng keladigan inson yuk. U inson hayotining debochasi, kamolining sarchashmasi. Dunyoda nimaiki poklik va oqlik bo‘lsa, ona sutidan andaza olgan. Olamda nimaiki eng jo‘shqin va eng qaynoq bo‘lsa – ona mehri va muhabbatidan, qaerda sabr-toqat va bardosh bo‘lsa, u ona irodasining timsolidan yaralgan. Shuning uchun ham olamda eng ulug‘, eng aziz deb bilganimiz Vatanimizni ham onaga qiyoslaymiz. Uni ko‘klarga ko‘tarib, ona Vatan deya g‘ururlanib so‘zlaymiz.

 

Ayol borki olam munavvar!

 

Ona ko‘nglini og‘ritish gunoh. Hatto, ko‘zlariga tik boqsangiz ham kipriklaringiz uning ko‘ksiga xanjar bo‘lib botadi. Har bir yomon so‘zimiz o‘q bo‘lib yuragini jarohatlaydi. Shu bois jannat malikalari hisoblanmish onalarimizga faqat shirin kalomlarimizni ilinaylik, e'zozlab ardoqlaylik.

Shoir aytganidek:

Onani hurmat qil, aziz bil shundoq,

U loyiq e'zoz-u ardoqqa har chog‘.

Dunyoda onadek suyuk zot yo‘qdir,

Uningdek buyuk ham yo‘q erur mutlaq.

M.Qo‘chqorov


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Taraqqiyotimiz kafolati

Taraqqiyotimiz kafolati
Konstitutsiya haqida gap ketganda uni sodda qilib, «qonunlarning qonuni», deya ta'rif berish mumkin. Negaki, unda fuqarolarning asosiy xuquq va erkinliklari, burchlari, shaxs, jamiyat va davlat

Vatan - dildagi yonib turgan olov!

Vatan - dildagi yonib turgan olov!
Ajdodlarimizga armon, bizga va avlodlarimizga buyuk in'om, xalqimizning asriy orzusi ushalgan kun - O‘zbekistonimizning mustaqil davlat sifatida dunyo miqyosida e'tirof qilinganiga yigirma besh yil

Ma’nan barkamol avlod – jamiyat taraqiyotining poydevori

Ma’nan barkamol avlod – jamiyat taraqiyotining poydevori
Farzandi har jihatdan sog’lom va ma’nan barkamol bo’lgan jamiyat tobora taraqqiy etib boraveradi. SHuning uchun ham farzand tarbiyasi nafaqat oila, balki mahalla – ko’y, el – yurt oldidagi ustuvor
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: