Главная > Yangiliklar, Jamiyat > Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

14-01-2015, 17:11. Разместил: axborot xizmati

Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj) 

Viloyat hokimligi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, huquq-tartibot idoralari, viloyat korxona, tashkilot va muassasalar jamoalari, jamoatchilik vakillari Jizzax shahri "Xotira maydoni”dagi ona haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

Shundan so’ng Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bayram munosabati bilan katta tantana bo’lib o’tdi.

Uni Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov kirish so’zi bilan ochdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo’mondoni Shokir Do’sjonov hamda viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi to’g’risida ma’ruza qildilar.

Shu kunlarda mustaqil Vatanimizning har bir go’shasida bayram shukuhi davom etmoqda, – dedi u. – Yaqinda yangi yilni tantana qilgan edik. Bugun esa Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganiga yigirma uch yil to’lishini katta bayram qilmoqdamiz.

Mubolag’asiz aytish mumkinki, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida erishgan yutuqlarimiz poydevorini mustaqillikni o’z mehnatimiz bilan mustahkamlaganimiz, chegaralarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ishonchli ta’minlab turganimiz tashkil qiladi.

Ayni paytda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari sharoitlarini yaxshilash maqsadida mamlakatimiz hukumati alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan? Joriy yilda 57 nafar harbiy xizmatchi uchun yangi turar joylar foydalanishga topshirilda. Bundan tashqari Jizzax viloyatida 3,5 mlrd. so’mlik, Samarqandda esa 4,0 mlrd. so’mlik qiymatga ega bo’lgan safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun o’quv sinf xonalari va yotoqxona rekonstruksiya qilinib? 2015 yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi.

Bugun O’zbekiston farzandlari, professional asosdagi milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan jasur va mard o’g’lonlarning har biri sadoqatda, fidoyilikda tengsiz sanaladi. Bugun ularga havas qilib, harbiy xizmatga borish va farzandlik burchini ado etish istagini bildirayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani qalbimizga alohida g’urur hissini bag’ishlaydi. Bu aholi o’rtasida harbiy xizmatning obro’ – e’tibori yuksalganidan dalolatdir.
Muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida qo’lga kiritilgan Mustaqillik yurtimizga buyuk ne’mat, hurlik nafasini olib keldi. Shuning uchun ham har jabhada zalvorli odimlar tashlamoqdamiz. Bizga butun dunyoning eshiklari ochildi. Yurtimiz esa kundan-kunga chiroy ochmoqda.

Barcha sohalar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, harbiy islohotlar bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda. Qurolli Kuchlarimizning qudrati, jangovar salohiyati, harbiy qism va bo’linmalarning harakatchanligi yuqori darajaga ko’tarilmoqda. Notiq o’z ma’ruzasida ana shu fikrlarini misollar bilan asoslab berdi.

Muddatli harbiy xizmatniig bir yil etib belgilangani, muddatli harbiy xizmatga chaqiruvning bir yilda bir marta tashkil etilayotgani, qo’shinlarda shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilgani armiyamizning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni printsipial jihatdan tubdan o’zgartirganini ta’kidladi.

Sayfiddin Ismailov tantanada qatnashayotganlarni, barcha jizzaxliklarni, o’z postlarida hamisha hushyor va sergak harbiylarni Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami bilan samimiy tabrikladi. Barchaga mustahkam sog’liq, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik tiladi.

Tantanada harbiy qismlar va bir guruh harbiylar viloyat hokimining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar. Ularni viloyat hokimi S.Ismailov va Markaziy harbiy okrug qo’mondoni Shokir Do’sjonov tantanali ravishda topshirdilar.

Tantana qatnashchilariga mahalliy hamda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar o’zlarining kuy va qo’shiqlari bilan madaniy xizmat ko’rsatishdi. 

Matn: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Foto: Botir Qudratov

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
Вернуться назад