Главная > Yangiliklar > “AYOLLAR SOG‘LIGI – JAMIYAT BOYLIGI” AKSIYASIDA ISHTIROK ETING

“AYOLLAR SOG‘LIGI – JAMIYAT BOYLIGI” AKSIYASIDA ISHTIROK ETING


10-07-2017, 17:08. Разместил: axborot xizmati

2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat Dasturi hamda O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi saylov oldi Dasturlarining amalda bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi, "Mahalla” fondi Jizzax shahar bo‘linmasi, "Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi, Jizzax shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax viloyat Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda "AYOLLAR SOG‘LIGI – JAMIYAT BOYLIGI!” shiori ostida joriy yilning 18-19-iyul kunlari Jizzax shahar 2-sonli oilaviy poliklinikasida Jizzax shahri hududidagi barcha ayollarni bepul tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish aksiyasi o‘tkaziladi. Ushbu tibbiy-ko‘rik aksiyasida Respublika va Jizzax viloyatining malakali shifokorlari tomonidan quyidagi:

- Xirurg (Umumiy kasalliklar)

- Lor (Quloq, burun va tomoq kasalliklari)

- Endokrenolog (kasalliklari)

- EKG (apparat)

- UZI (apparat)

- Akusher-genekolog (Ayollar kasalliklari)

- Mammolog (Ko‘krak bezi saratoni va boshqa kasalliklar)

- Nevrapatolog (Ruhiy kasalliklar)

- Pediatr (farzandlari bilan kelgan onalar uchun)

shifokorlar tomonidan ayollarni tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuningdek, shifokorlar ayollar uchun zarur bo‘lgan maslahat hamda tafsiyalarni berishadi.

Eslatib o‘tamiz, Tibbiy-ko‘rik aksiyasi mutlaqo bepul.

 

 

Murojaat uchun telefon: 222-40-67, 95-504-04-44

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
Вернуться назад