Главная > Yangiliklar, Jamiyat > Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi


20-02-2016, 15:20. Разместил: axborot xizmati


   Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jizzax shahrida belgilangan ko‘rik-tanlov va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, milliy armiyamiz saflariga eng munosib, deya topilgan o‘g‘lonlarni Qurolli Kuchlarimiz saflariga kuzatish tadbirlari davom etmoqda.

               Imtiyoz egalari taqdirlandi
               Imtiyoz egalari taqdirlandi
   Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlarning birida o‘tkazilgan tadbir ham yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
    Tadbirni Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, podkolkovnik Sarvar Mamayusupov olib bordi. Shuningdek, unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, "Sardor”, "Ostona” filmlari rejissiyori Shavkat Mahbubov, Respublika "Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo‘limi raisi Farog‘at Sattorova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ma’mura Yoqubova ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar avvalo tegishli imtiyozga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarni qutlab, islohotlar samarasi o‘laroq milliy armiyamizning professional asosda shakllanganligi, harbiy xizmat yil sayin faxr-iftixorli kasbga aylanib borayotgani, bu borada yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida harbiy xizmachilarga respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. 

 

       Imtiyoz egalari taqdirlandi
       Imtiyoz egalari taqdirlandi
   "Vatan himoyasi – sha’rafli burch. Biz kabi yoshlar esa muddatli harbiy xizmatni ado etish orqali o‘z kelajagiga mustahkam poydevor qo‘ymoqda. Mana bugun men ham ilg‘orlar safida turar ekanman, xizmat davomida yaqindan ko‘mak bergan ustozlar hamda ota-onamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman” - deydi oddiy askar Dilshod Toshpo‘latov.
    Tadbir so‘ngida shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
Вернуться назад