Главная > Yangiliklar, Iqtisodiyot > “2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzuida seminar o’tkazildi

“2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzuida seminar o’tkazildi


20-11-2017, 19:16. Разместил: axborot xizmati

“2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzuida seminar o’tkazildi

 

Jizzax shahridagi 
"Grand Fayz” mehmonxonasida "2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash/2-bosqich” loyihasi hamkorligida amalga oshirildi.

Seminarni Jizzax viloyati moliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Zafar Aliboyev kirish so’zi bilan ochib, mahalliy byudjet uchun o’rta muddatli rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida atroflicha to’xtaldi.

Tadbirda so’z olgan BMTTD "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab quvvatlash/2-bosqich” loyihasi xodimi Orzimurod G’aybullayev o’rta muddatga mo’ljallangan byudjetning yevropa va boshqa rivojlangan davlatlarda muvaffaqiyatli tatbiq etilganligi va ushbu masala O’zbekiston uchun ham muhimligini ta’kidladi. SHuningdek, Moliya vazirligi va BMTTD loyihasi tomonidan o’zbek mutaxassislari uchun Chexiya davlatiga o’quv safari uyushtirilib, ularning tajribasi, Namangan shahrining 2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjeti ishlab chiqilganligiga alohida to’xtaldi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshlig’i Ismonjon Mamajonov O’zbekiston byudjet tizimi, mahalliy byudjetlari, o’rta muddatga byudjetni rejalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari, o’rta muddatli byudjetning hududlarni rivojlantirish strategiyasi bilan bog’liqligi, bu sohada chet el tajribasi bo’yicha ma’ruzalari tinglandi. Namangan shahri tajribasini respublikaning boshqa hududlariga keng targ’ib qilish, qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Namangan shahar moliya bo’limi mutaxassisi Saidmahmud Sultonov shahar o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish,  uni umumxalq muhokamasiga qo’yish, xalq deputatlari Kengashi tomonidan tahlil qilinishi va tasdiqlanishi, o’rta muddatli byudjetni shakllantirish bo’yicha ishlab chiqilgan yangi metodologiyaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha taqdimot bilan qatnashdi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar guruhlarga bo’linib, o’rta muddatli byudjet so’rovnomalarini to’ldirishni o’rgandilar.  Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar bergan savollarga har tomonlama javoblar berildi.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
Вернуться назад