03 октября 2017

«Forish» poligonida taktik mashg’ulotlar o’tkaziladi

Oktyabr’ oyining birinchi haftasida Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida O’zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlarining qo’shma mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Dushanba kuni ertalab Rossiya harbiy xizmatchilarining bir guruhi o’tirgan samolyot Toshkent harbiy aerodromiga kelib qo’ndi.

Ma’lumki, O’zbekiston dunyoning ko’plab mamlakatlari bilan faol harbiy-texnik hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda. Joriy yilda Rossiya, Qozog’iston, Turkiya va Pokiston davlatlari harbiy idoralari vakillari Toshkentga tashrif buyurdi. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi kelishuv amal qiladi. Ikki davlatning Mudofaa vazirliklari qo’shma dastur va rejalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Xususan, «Forish» poligonidagi taktik mashg’ulotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-5 aprel’ kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan davlat tashrifi chog’ida erishilgan muzokaralar doirasida o’tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida «Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O’zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo’shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor» ekanini ta’kidladi.

O’zbekiston va Rossiya poligonlarida ikki marta taktik antiterroristik qo’shma mashg’ulot bo’lib o’tdi. Bunday tadbirlar har ikki mamlakat uchun birdek manfaatlidir. Jumladan, antiterroristik mashg’ulotlar davomida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo’yicha umumiy vazifalar ishlab chiqiladi – terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va terroristik xurujlarning oldini olish mexanizmi takomillashtiriladi, amaliy ko’nikmalar mustahkamlanadi, tajriba almashiladi.

Qo’shma mashg’ulot ishtirokchilari bilan birga kelgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansamblining harbiy san’atkorlari ham mamlakatimizda bo’lib turibdi.


 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

RF DAVLAT DUMASI O'ZBEKISTON BILAN MOLIYAVIY DA'VOLARNI HAL ETISHNI MA'QULLADI

RF DAVLAT DUMASI O'ZBEKISTON BILAN MOLIYAVIY DA'VOLARNI HAL ETISHNI MA'QULLADI
Rossiya Davlat dumasi juma kuni RF va O'zbekiston hukumatlari o'rtasidagi o'zaro moliyaviy talablar va majburiyatlar to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul

ROSSIYA VA O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMINI O'TKAZISHNI REJALASHTIRMOQDA

ROSSIYA VA O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMINI O'TKAZISHNI REJALASHTIRMOQDA
Shu yilning bahorida Rossiyaning Tomsk shahrida Rossiya-O'zbekiston yoshlar forumi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda Rossiya yoshlar uyushmasi rahbari Pavel Krasnorutskiyning so'zlariga tayanib

Jizzaxda “Yosh chegarachi” harbiy vatanparvarlik musobaqasi bo'ldi

Jizzaxda “Yosh chegarachi” harbiy vatanparvarlik musobaqasi bo'ldi
Jizzax shahridagi "N”-sonli harbiy qismda "Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.