02 октября 2017

Jizzaxda yangi maktab-internat

O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Jizzax shahrida ona tili va adabiyoti fanlarini chuqurlashtirilib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat ilk o’quvchilarni o’z bag’riga oldi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 23 iyundagi 418-sonli qarori asosida bunyod etilgan yangi bilim dargohi Hamid Olimjon va Zulfiya nomi bilan yuritilib, unga test sinovlari asosida 120 nafar iqtidorli bola 5, 6, 7, 8-sinflarga o’qishga qabul qilindi.

-"Agrokvant” qurilish tashkiloti bunyodkorlaridan ajoyib sovg’a oldik, – dedi maktab-internat direktori Sardor Rasulov. – 4 qavatli zamonaviy bilim koshonasi kasb bayramimiz arafasida foydalanishga topshirildi. Bu yerda shinam sinfxonalardan tashqari 100 o’rinli yotoqxona, 75 o’rinli oshxona, faollar zali mavjud. O’quvchilar darsdan bo’sh vaqtlarida sportning futbol, basketbol, voleybol turlari bilan shug’ullanish imkoniyatiga egalar.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli mazkur maktab-inernatda kuchli bilim va salohiyatli qo’ituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda. Ular safida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati Ma’mura Yoqubova, Erkin Ochilov, Sevara Rahmatullayeva, Gulyora Mahmudova singari o’z kasbining fidoyilari bor.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzax shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Jizzax  shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi
2016 yilning 27 aprel kuni Jizzax shahar hokimligida "Jizzax: kecha va bugun, shaharsozlikni rivojlantirish, shaharda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar rivojlanishning muhim

Jizzaxda inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga e’tibor oshmoqda

Jizzaxda inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga e’tibor oshmoqda
Ta’lim jarayoni  shaxsning jamiyat a’zosiga aylanishi uchun vositachi, ya’ni ko‘prik vazifasini o‘taydi va chindan ham katta ahamiyat kasb etadi. Ammo imkoniyati cheklangan bolalarning bu safga

Jizzaxda to'garaklar yarmarkasi bo'lib o'tdi

Jizzaxda to'garaklar yarmarkasi bo'lib o'tdi
 Shahrimizdagi Hamid Olimjon nomidagi xiyobonda  Jizzax shahar hokimligi, shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, ichki ishlar bo’limi voyaga