29 сентября 2017

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 28 sentyabr kuni "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to'g'risida"gi qarorni imzoladi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida va ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi ishtirokining samaradorligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini bajarishda Hukumat mas'uliyatini kuchaytirish maqsadida: 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili (keyingi o'rinlarda Vakolatli vakil deb ataladi) lavozimi joriy etilsin. 

2. Quyidagilar Vakolatli vakilning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

birinchi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo'linmalari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko'rib chiqiladigan qonunlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashda o'zaro yaqin hamkorligini ta'minlash, ularni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ko'rib chiqish, kelishish va axborot berish jarayonlarida ishtirok etish; 

ikkinchi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama etish va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) ko'rib chiqishda ishtirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etish; 

uchinchi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatida, avvalambor, mamlakat parlamentida qonunlarni ko'rib chiqish, muhokama etish va qabul kilish jarayonlarida yaqin hamkorligini tashkil etish; 

to'rtinchi - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko'rib chiqiladigan qonun loyihalari, qonunlar, davlat dasturlari va boshqa masalalar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishilgan nuqtai nazarini ifoda etish; 

beshinchi - qonun ijodkorligi jarayoni, qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi, parlament nazorati natijalari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko'rib chiqilishi haqida Vazirlar Mahkamasiga tizimli asosda axborot berish; 

oltinchi - yangi qabul qilingan qonunlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriklari, rejalari hamda qarorlari tayyorlanishini tashkil etish, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunlar bajarilishini o'rganish hamda tahlil kilish; 

ettinchi - qonunlar, davlat dasturlarining bajarilishi va boshqa yo'nalishlar bo'yicha parlament nazoratini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirokini ta'minlash. 

3. Belgilab qo'yilsinki, Vakolatli vakil: 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi: 

o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning o'zida uning faoliyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

4. Vakolatli vakilga: 

qonun loyihalarini ishlab chiqish va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining o'z vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda amalga oshirilishi; 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning kengashlari, qo'mitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari majlislarida qonunlar loyihalari va qonunlarni ko'rib chiqishda ularni har tomonlama asoslash, iqtisodiy, moliyaviy, huqukiy va boshqa turdagi ekspertizadan to'liq o'tkazilishini ta'minlash bo'yicha shaxsiy mas'uliyat yuklansin. 

5. Quyidagilar: 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq; 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

6. Yangi joriy etilgan Vakolatli vakil lavozimi uchun Yagona tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lashning 19-razryadi belgilansin. 

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida Vakolatli vakil uchun xona ajratilishini, shuningdek uni zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel, aloqa vositalari, jumladan, hukumat aloqasi bilan ta'minlasin. 

8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

Vakolatli vakil va uning apparatini Hukumat binosida joylashtirish, uning ishlarini samarali tashkil etish uchun tashkiliy va moddiy-texnik, shu jumladan transport ta'minoti masalalarini hal etsin; 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtat jadvaliga tegishli o'zgartirishlar kiritsin; 

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o'zgartirishlar va qo'shimchalar haqida bir oy muddatda takliflar kiritsin. 

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh.MIRZIYoEV 

Toshkent shahri, 2017 yil 28 sentyabr
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Shavkat Mirziyoev suv ob'ektlarini himoya qilishga qaratilgan qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoev suv ob'ektlarini himoya qilishga qaratilgan qarorni imzoladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 25 sentyabr kuni "Suv ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi 15-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 61-sonli qarorlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi  15-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 61-sonli qarorlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi "Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyixalashtirish ishlarini va

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi va boshqa qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi va boshqa qonun loyihalari ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Эрк излаган кўнгил
Эрк излаган кўнгил
  Ҳозирги вақда Жиззах
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Давлат арбоби Шароф Рашидовнинг 100 йиллиги
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
2017 йил 17 октябрь куни Жиззах давлат педагогика
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Davlat arbobi Sharof Rashidov bilan bog'liq
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Жиззах шахар хокими қарори
Жиззах шахар хокими қарори
Шаҳариқтисодиёти тармоқлари ва
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
2017 йил 2 ноябрь куни Жиззах шаҳрида
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Бугун, 6 ноябрь куни Жиззахда атоқли давлат
Архив