20 апрель 2017

Dashtobodlik urush faxriysi Umrzoq Anorboyev imtiyozli tarzda yengil avtomobil harid qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoniga muvofiq 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish maqsadida "GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish tartibi belgilangan edi.

Zomin tumanidagi Dashtobod shaharchasi, "Baxt” mahallasida istiqomat qiluvchi 97 yoshli urush faxriysi Umrzoq bobo Anorboyev ana shunday imkoniyatdan foydalangan jizzaxlik faxriylardan sanaladi. Otaxonga "Damas” rusumli avtomashina Jizzax viloyati hokimining o’rinbosarlari, tuman hokimligi, turli jamoat tashkilotlari vakillari, "Kamolot” YOIH yetakchilari hamda mahalla raislari ishtirokida tantanali tarzda topshirildi.

– Urushning mashaqqatini biz his etdik, farzandlarimiz aslo ko’rishmasin, – deydi urush qatnashchisi U.Anorboyev. Bugungi dorulomon kunlarga yetkazganiga shukr. Qiyinchilik kunlar ortda qoldi. Endi yurtimizning farovonligi yo’lida mehnat qilish, uning ravnaqiga hissa qo’shish kerak. Hukumatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan muruvvatdan behad mamnunman.

"GM Uzbekistan” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan taqdim etilgan hududiy taqsimoti bo’yicha shakllangan Ikkinchi jahon urush faxriylarining to’liq ro’yxatidan kelib chiqan holda har bir urush faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat ishlab chiqilgan edi. Mazkur sertifikatlarga muvofiq Ikkinchi jahon urush faxriylariga "Nuroniy” jamg’armasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlari mutasaddi xodimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida imtiyozli yengil avtomobillar topshirish boshlandi.

Eslatib o’tamiz, har bir urush faxriysi Sertifikatda ko’rsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish "GM Uzbekistan” AJ tomonidan bepul amalga oshiriladi, imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Ayni paytda Jizzax viloyati bo’yicha 61 nafar urush faxriylari shunday sertifikatlarga ega bo’ldilar.

Eshtemir Ismatov – Jizzax viloyati hokimining o’rinbosari

 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi
Istiqlol barchamizga baxtli yashash zavqi va tarovatini hadya etdi. Biroq mustaqillikkacha bo‘lgan davrda mehnatkash o‘zbek xalqi boshiga ko‘plab sinovlar tushdi. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni  9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi
Ayni shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navro’z” shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel bog’lagan "Mahalla” xayriya
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: