“JIZZAX” MIZ: joriy yilning birinchi yarmida 9 ta yirik quvvat ishga tushadi

"Jizzax" maxsus indus­trial zonasi hududida  2014 yilning 3-choragida 2 ta loyiha ishga tushirildi. Bugungi kunga kelib "Jizzax" MIZda ishga tushirilgan loyihalar soni 5 taga yetdi.

“JIZZAX” MIZ: joriy yilning  birinchi yarmida 9 ta yirik quvvat ishga tushadi

 

Shulardan biri "O’zbekenergo" DAKning Xitoy davlati bilan hamkorlikdagi "Quyosh issiqlik energiyasi" batareyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning ishga tushirilishidir.


Loyiha qiymati 3,3 million AQSh dolla­ri bo’lgan ushbu qo’shma kor­xona yiliga 50 ming dona quyosh nuri orqali muqobil suv isituvchi kollektorlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.


 Jizzax maxsus industrial zonasida joriy yilda ham bir necha loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  Xususan, birinchi yarim yillikda 9 ta loyiha ishga tushirilib, raqobatbardosh, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Bundan tashqari yil davomida 16 ta loyihani tayyorlash rejalashtirilgan. Hozirda ana shu loyihalarning 6 tasi bo’yicha investitsiya buyurtmalari Ma’muriy Kengash muhokamasiga kiritildi.


 "O’zbekyengilsanoat" DAK tomonidan qiymati 1,0 million AQSh dollari bo’lgan "Tikuv mashinalari ishlab chiqarish" korxonasini ishga tushirish ana shunday loyihalardan biridir. Bu korxona "Yangi texnologiya­lar" MChJ balansidagi umumiy sahni 2 ming kvadrat metr bo’l­gan bo’sh binoga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Hozirda umumiy qiymati 2,5 million AQSh dollari bo’lgan "Energiya tejamkor svetodiod lampalar ishlab chiqarish" loyihasi bo’yicha tashkil etilgan qo’shma korxona ro’yxatdan o’tkazildi. Bu korxona "O’zbekenergo" DAK tomonidan ta’mirdan chiqarilgan binoga joylashtirilishi ko’zda tutilgan. Qiymati 26,4 million AQSh dollari bo’lgan "Maishiy elektrotexnika uskunalari uchun batareykalar ishlab chiqarish" loyihasi hamda qiymati 6,4 million AQSh dollari bo’lgan "Statsionar akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish" loyihasi "Jizzax akkumulyator zavodi" OAJning bo’sh binolariga joy­lashtirilishi rejalashtirildi. Umumiy qiymati 31,8 million AQSh dollari bo’lgan 3 ta loyiha "Jizzax" MIZning Sirdaryo filialida joylash­tirilishi mo’ljallanmoqda.


Manba: Jizzax.uz

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 9-02-2015, 10:36
0
2318

Похожие публикации


Наверх