29 март 2017

Sportsevar o‘quvchilar shodiyonasi

Sog‘lom avlod mamlakatning qudrati va yorqin kelajagini ta'minlaydi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida aholi salomatligini mustaxkamlash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk inson qilib voyaga yetkazishga qaratilayotgan e'tibor bugun o‘zining yuksak samarasini bermoqda. Bu borada hayotga tadbiq etilayotgan ezgu ishlar zamirida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, jismonan va ma'nan yetuk, xalqimizning ertangi porloq kelajagini yaratishga qodir bo‘lgan yosh avlodni voyaga yetkazish kabi ustuvor yo‘nalishlar mujassam.

 

 Sportsevar o‘quvchilar shodiyonasi

 Sportsevar o‘quvchilar shodiyonasi

 Sportsevar o‘quvchilar shodiyonasi

 Joriy yilning 28 mart kuni Jizzax shahridagi Tennis maktabida ta'lim muassasalari o‘quvchilariga sport kiyimlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari N.Muxtorova ochib berdi. Shuningdek, unda korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, hozirda yoshlarga, sportchilarga berilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik haqida alohida ta'kidlashdi. 

Ayni paytda Jizzax shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari soni 5 tani tashkil etib, ularda sportning 40 ga yaqin turlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy, qulay shart-sharoitlarga ega ushbu sport maskanlarida 1417 nafar qizlar sport bilan muntazam shug‘ullanishmoqda. Ularning ko‘pchiligi sport musobaqalarining shahar, viloyat, Respublika bosqichlarida, "Umid nihollari” sport musobaqasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, yurtimiz sha'nini munosib himoya qilishmoqda.

Bugun viloyatimiz bo‘yicha o‘n besh nafarga yaqin respublika, mintaqa va Xalqaro miqyosdagi musobaqalar chempionlari yetishib chiqdi. Birgina Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarimizning to‘rt nafari aynan sport sohasidan ekanligi aynan shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan qizlarimizga berilayotgan yana bir rag‘bat va g‘amxo‘rlikning ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu kunga qadar Yoqutxon Xolbekova, Ilmira Gazizova, Maftuna Melieva, Go‘zal Ismatova, Hamdamova Maftuna, O‘rozboeva Adiba, Islomova Gulandon singari o‘nlab shahrimiz qizlari Markaziy Osiyo chempionati hamda bir necha xalqaro turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

Tadbir davomida 680 o‘quvchilarga sport kiyimlari tantanali ravishda toprishildi. Mazkur sport kiyimlariga ega bo‘lgan sport va salomatlikni hayotiy shior qilgan yoshlar kelgusida yuqori marralarni egallab, yurtimiz sha'nin munosib himoya qilishlariga umid bildiramiz.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

 


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Sog‘lom oila –kelajak poydevori

Sog‘lom oila –kelajak poydevori
Sog‘lom avlod mamlakatning qudrati va yorqin kelajagini ta'minlaydi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush

“Jilli G‘ulli” mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

“Jilli G‘ulli” mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi
Katta sportga ilk qadamlar mahalladan boshlanadi. Shahar va qishloqlar, olis ovullardagi mahallalarda bolalar sport maydonchalari, turli seksiyalarni jamlagan majmualarning foydalanishga

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi
Mamlakatimizda sportchi qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: