11 март 2017

E'zozdadir aziz ayollar!

Bahor o‘zining bor ko‘rk va tarovati bilan yurtimizga bayram va tantanalarni boshlab keladi. Kuni kecha 8-mart "Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Jizzax shahridagi "Asr” tantanalar majmuasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni shahar hokimi A.To‘xtayev ochib berdi.

Xotin-qizlarni qutlug‘ shodiyona bilan tabriklar ekan shahar hokimi "Shahrimiz gullab yashnashi, taraqqiyoti yo‘lida xormay-tolmay xizmat qilayotgan, o‘zining ezgu fazilatlari bilan keng jamoatchilikka ibrat bo‘lgan siz kabi xotin-qizlarga har jihatdan suyanamiz” deya ta'kidladi.

 

 

Shunisi quvonarliki, keyingi yillarda Vatanimiz nomini, sha'nini, g‘ururini dunyo miqyosida ko‘tarayotgan xotin-qizlarimiz soni tobora ko‘payib bormoqda. Jizzax sa'nat kasb xunar kolleji o‘quvchisi Nigina Abdurazzokova kuni kecha muhtaram Yurtboshimiz Farmonlari bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Jizzax shaxar qizining bunday olamshumul g‘alabasi, davlatimiz va xalqimizning yuksak e'tirofiga sazovor bo‘lishi Jizzax yoshlarining, qolaversa, barcha-barchamizning faxrimiz va g‘ururimizni yana bir pog‘onaga ko‘tardi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir davomida Jizzax shahrining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan, bir guruh faol xotin-qizlar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazmunli konsert dasturi, sho‘x-shodon taronalar yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

“Yangi yil archasi” tadbiri bolajonlarga zavq ulashdi

“Yangi yil archasi” tadbiri bolajonlarga zavq ulashdi
Bugun shahrimizdagi "Visol” tantanalar majmuasida bolalar ishtirokida "Yangi yil archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.   

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!

Siz doim e'zozda, aziz ayollar!
  Ayol - jamiyat ko‘rki, uning duru gavharidir! Har jihatdan sog‘lom va barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan, oilada sevimli beka, jamoat ishlarida doim faol bo‘lgan ayollarni

Jizzax shahar hokimi faol xotin-qizlarni rag'batlantirdi

Jizzax shahar hokimi faol xotin-qizlarni rag'batlantirdi
Jizzax shahar hokimligida 8 mart -  Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda Vatanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi va xalqimiz farovonligini
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: