Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi

2015 yilning 24 yanvar kuni Jizzax shahar hokimligida shahar Xotin-qizlar qo’mitasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining grant mablag’lari doirasida "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi

 

Tadbirga Jizzax shahridagi 34 ta MFY ning diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya bo’yicha maslahatchilari, shahrimizdagi oliy, o’rta maxsus, umumta’lim maktablari xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari raislari, shahar tibbiyot birlashmasi, shahar FHDYO bo’limi, shahar xalq ta’limi bo’limi, "Kamolot” YoIH shahar kengashi, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildilar.

Tadbirda so’z olgan Jizzax shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nazira Muxtorova loyiha doirasida qo’mita qoshida tashkil qilinayotgan "Onaxonlar maktabi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga tox’talib o’tdi. Jumladan, ijtimoiy hamkorlikka asoslangan holda yosh qizlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, reproduktiv bilimlarini oshirib xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishni, oila qurilgandan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’ladigan muammolarga yechim topishni o’rgatadi deya ta’kidladi. Shu bilan birga, shifokorlar, psixologlar hamkorligida oila, mahalla, maktab, kollej, litsey va oliygohlarda erta turmush qurish, rasmiy nikohsiz oila qurish, oilada qaynona-qaynota, qaynsingil-qaynuka va qarindosh urug’lar o’rtasidagi munosabatlar, giyohvandlik, kashandalik kabi illatlar to’g’risida tushunchalar beriladi.

"Onaxonlar maktabi”ni tashkil etish orqali qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashni o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi faoliyat jarayon yuzaga keltirish orqali bir necha yo’nalishlarda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga "Onaxonlar maktabi” zimmasiga:

- oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

- "Mehribonlik uyi” qizlariga alohida ehtibor qaratish;

- qizlarni mustaqil xayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik o’rtasidagi ijodiy xamkorlikning samarali natijalarini ro’yobga chiqarish kabi bir qator vazifalar qo’yilmoqda.

Taqdimot mobaynida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

Jizzax shahrida “Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” mavzusidagi loyihaning taqdimoti bo’lib o’tdi 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 26-01-2015, 15:32
0
2243

Похожие публикации


Наверх