Yagona portalda tadbirkorlikka oid huquqiy hujjatlar muhokamasi uchun imkoniyat yaratildi

Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga tegishli ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo’yicha yangi tizim ishga tushirildi.

 

Mazkur tizim aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikka tegishli ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari va qabul qilingan hujjatlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Yagona portalda foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan izoh va takliflar tegishli davlat organlari tomonidan ko’rib chiqiladi va takliflarni inobatga olish yoki rad etish bo’yicha qaror qabul qilinadi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar amaldagi normativ hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etishini Yagona portalda joylashtirilgan maxsus so’rovnomani to’ldirish orqali baholashda ham ishtirok etishlari mumkin.


Ushbu yangi tizim bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

https://my.gov.uz/uz/getPublicService/332?item_id=8&action=view

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 22-01-2015, 11:47
0
24407

Похожие публикации


Наверх