14 декабрь 2016

Giyohvandlikka yo’l qo’ymang

Bugun qaysi tomonga boqmang, atrofda baland bo‘lib qad rostlayotgan katta-katta binolarga, zamonaviy texnikalarga, bir so‘z bilan aytganda tobora shiddat bilan o‘sib borayotgan globallashuv jarayoniga ko‘zimiz tushadi. Bir qaraganda hammasi a'lo darajadagidek, ammo butun xalqaro jamiyatni tashvishga solishda davom etayotgan shunday vabo borki, uning nomi OITS dir.

OITS 1981-yilda AQShda ro‘yxatga olingan. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi odamda immunitet tanqisligi virusi deyilib, uni 1983-yilda fransuz olimi L.Montan aniqlagan. Hozirgi kunda esa bu kasallik "asr vabosi” deya atalib, uning hyech qanday davosi topilmagan. OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlaydi. Shu tufayli bemor qo‘l-oyoqlaridagi nerv tolalari bo‘ylab og‘riq seziladi. Ba'zi holatlarda ko‘pchilik bemorlarning qo‘l-oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat faoliyatining pasayishi kuzatiladi. Insonni mast qiluvchi giyohlar asosan uch guruhga bo‘linadi: ko‘knor, nasha, ta'maki ko‘knor tarkibida o‘tkir ta'sir etuvchi narkotik modda bo‘lib uning tanasidan maxsus asboblar vositasida shilimshiq, elimsimon modda sidirib olinadi. Bu modda "qora dori” deyiladi. Uni iste'mol qilgan shaxslar tez-tez vas-vasga uchraydigan, aqliy zaif hattoki, ba'zi hollarda bir umr farzand ko‘ra olmaslik holatlari ham kuzatiladi.

OITS - bu kasallik ko‘proq Hindistonda uchraydi. Ikkinchi o‘rinda Afrika davlatlarida, uchinchi Xitoyda eng ko‘p uchrashi mumkin. Nafaqat giyohvand moddalar balki, ta'maki, nos va alkogol ichimliklari inson salomatligi uchun juda xavfli hisoblanadi. Ularni iste'mol qiluvchi shaxslar "bangilar” deb atalib umrlari ko‘p hollarda juda ham ayanchli yakun topadi.

 Giyohvandlikka yo’l qo’ymang

 

Dunyo olimlarining kuzatishicha, dunyo bo‘ylab 1000 nafar aqli zaif bolalar, 500 nafarning onasi, 70 nafarining esa otasi ham, onasi ham spirtli ichimliklar iste'mol qilishar ekan. Fransiyalik doktor Demma 28 yil davomida eri ham, xotini ham ichkilikbozlikka berilgan 10 nafar oilani kuzatgan. Bu oiladan tug‘ilgan 57 bolaning 27 nafari yoshiga etmay vafot etgan, 5 nafarida tutqanoq kasali bo‘lgan, yana 5 tasining bosh miyasida suv yig‘ilgan, 12 nafarining aqli zaif, 10ta bolagina sog‘lom tug‘ilgan. Tutqanoq kasali bilan og‘rigan har 100 boladan 60 tasining ota-onasi ashaddiy aroqxo‘r bo‘lgan. Bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Jamiyatni tanazzulga olib keladigan bunday og‘ularning asl vatani Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikadir. Bu mintakalarda joylashgan mamlakatlarda ayniqsa, marixuana, gashish, bang, kif, xusus, plan, xaras, dagga kabi turlari ko‘p etishtirilar ekan. U insonning aqliy faoliyatini ishdan chiqarib, mastlik holatini keltirib chiqaradi. Giyohvandlikka, alkogolizmga berilgan inson umuman hyech narsaga qiziqmay qo‘yadi, jahldor bo‘lib qoladi, o‘zidan-o‘zi kuladigan, yig‘laydigan, vas-vasaga uchraydigan bo‘lib, hatto jinoyat qilishdan ham ta'b tortmaydi va oxir oqibat nafaqat o‘z hayotini balki atrofdagilari, oilasining ham hayotini barbod qiladi. Undan tug‘ilgan nogiron farzandlar shu oilada dunyoga kelganliklaridan afsuslanishlariga ham ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.

Bu illatning oldini olish maqsadida har yili yurtimiz bo‘ylab "Giyohvandlik – asr vabosi”, "Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida qator aksiyalar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu o‘rinda aytish joizki, Xalqaro butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, so‘nggi 2 yil davomida dunyoda OITS bilan kasallanish 8% qisqargan bo‘lsa, bu ulushning qariyb 1,6% O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Giyohvandlik vosita va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ham, giyohvandlikning oldini olinishida muhim huquqiy asos bo‘lib kelmoqda. Shu sababli 1-dekabr "Umumjahon OITSga qarshi kurash kuni” deb e'lon qilindi. Bularning barchasi mustaqil yurtimizda bizga qaratilayotgan yuksak e'tiborning samarasidir.

Unutmang! Giyohvandlikka berilib siz birgina o‘zingizni emas, balki sizga mehrlar boqib turgan qorako‘z farzandlaringiz, ne-ne umidlar bilan dunyoga keltirib, voyaga etkazgan ota-onangizni hayotini ham zulmatga aylantirasiz. Ogoh bo‘ling odamlar! Zero, barcha-barchasi o‘z qo‘limizdadir.

X.Umarov

harbiy xizmatchi

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Giyohvandlikka yo'l bermang

Giyohvandlikka yo'l bermang
Bugun qaysi tomonga boqmang atrofda baland bo‘lib qad rostlayotgan katta-katta binolarga, zamonaviy texnikalarga, bir so‘z bilan aytganda tobora shiddat bilan o‘sib borayotgan globallashuv jarayoniga

Salomatligingizni giyohvandlikka almashtirmang

Salomatligingizni giyohvandlikka almashtirmang
 Giyohvandlik shunday illatki, u qanchalab oilalar yostig‘ini quritmoqda, yoshlar ongu shuuriga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu og‘uning turgan bitgani zarar. Uni iste'mol qiluvchi, o‘ziga qo‘shib

Qora bozordagi “Ajal”

Qora bozordagi  “Ajal”
Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga taxminan 400 milliard AQSH dollarini
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: