08 ноябрь 2016

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash bo‘yicha tanlovning shahar bosqichi o‘tkazildi

XX asrning buyuk ayollari safida shubhasiz munosib o‘rin egallagan taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri, Zulfiyaxonim ko‘plab xalqaro adabiy davralarda qatnashib, o‘zining o‘lmas she'riyati bilan o‘zbek ayoli nomini yuksaklarga ko‘targan. Uning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etgan she'rlari xalqaro obro‘ e'tibor qozongan va Xalqaro "Javoharla'l Neru”, "Nilufar” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Ana shunday mehr-muhabbat va sadoqat timsoli - Zulfiya opani har qancha e'zozlasak, har qancha izzat-ikrom bajo aylasak oz!

  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash bo‘yicha tanlovning shahar  bosqichi o‘tkazildi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash bo‘yicha tanlovning shahar  bosqichi o‘tkazildi

Yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan Zulfiyaxonimning ana shunday ulug‘ xizmatlari e'tiborga olinib, iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta'sis etilgani va 17 yildirki, yurtimizning eng iste'dodli qizlariga, jumladan, viloyatimizdan ham 17 nafar qizlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti berilgani quvonarlidir.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shahar komissiyasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan ushbu Farmon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a'lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan qizlar uchun yanada izlanish, o‘z ustida ishlashga zamin yaratdi.

 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash bo‘yicha tanlovning shahar  bosqichi o‘tkazildi

  Bugun shahrimizdagi 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda beshta yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan komissiya a'zolari, ishtirokchilar, o‘quvchi yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Muxtorova ochib berdi.

 2015 yilning sentyabr-oktyabr oylarida shahar komissiyasi va Ishchi guruhlar tomonidan 58 nafar nomzod o‘rganib chiqilib, yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi. Tanlovlarda ishtirok etib, yetarli darajada ball to‘play olmagan nomzodlar Xotin-qizlar qo‘mitasining "Iqtidorli qizlar zaxirasi” tarkibiga kiritildi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

“Yurakdan kuylayman, seni Vatanim!” bayram mushoirasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.

“Yurakdan kuylayman, seni Vatanim!” bayram mushoirasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.
"Yurakdan kuylayman, seni Vatanim!” O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mushoira tadbiri shunday nomlandi.  

IQTIDORLI YOSHLAR ISHTIROKIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

IQTIDORLI YOSHLAR ISHTIROKIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax davlat pedagogika instituti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, O‘zbekiston

Jizzaxda “Zulfiya” davlat mukofotiga nomzod qizlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda “Zulfiya” davlat mukofotiga nomzod qizlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi 1-son musiqa va san’at maktabida "Zulfiya” davlat mukofotiga nomzod qizlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.  
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: