06 ноября 2014

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

2014 yil 4 noyabr kuni Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi 

Jizzax viloyat hokimligi, YuNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi, O’zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, O’zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi bilan hamkorligida jurnalistlar uchun amalga oshirilayotgan "Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish” loyihasi doirasidagi davra suhbatida viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, shahar xotin-qizlar qo’mitasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Davra suhbati avvalida so’z olganlar bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda O’zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan puxta siyosat haqida gapirdilar. Jumladan, mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimi vakillari tomonidan sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlarning eng muhim qismi ekanligi haqida gapirdilar.

Jizzax viloyatidagi bolalar tibbiyot muassasalarida yosh avlod salomatligini mustahkamlash yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Onalar va bolalar salomatligini asrashda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Sog’lom ona – sog’lom bola” konsepsiyasi asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, millat genofondini mustahkamlashga yo’naltirilgan tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

"Sog’lom ona – sog’lom bola” shiori ostida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar samarasida bolalar o’rtasida turli kasalliklarning keskin kamayishiga erishilmoqda. Bularning barchasi hayotimizni tubdan o’zgartirib, xalqimizda ertangi kunga ishonch tuyg’usini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda, deydi viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi vakili K. Murodova.

2014 yilning mamlakatimizda "Sog’lom bola yili” deb e’lon qilingani va shu asosda maxsus Davlat dasturi qabul qilingani bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilmoqda.

Tajribali tibbiyot xodimlari ko’rsatayotgan sifatli tibbiy xizmat samarasida bolalar orasida uchraydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlash, davolash va oldini olishga erishilmoqda. Bu kabi o’tkazilayotgan anjuman, seminar va tadbirlar soha xodimlari erishayotgan natijalar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish imkonini beradi. Shuningdek, davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi "2014-2018 yillarda O’zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2221-sonli qarori doirasida Jizzax shahri mahallalarida onalar va bolalar o’limi darajasini kamaytirish mavzusida "Olmazor” MFY diniy ma’rifat va ma’naviy ahloqiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Oftoboy Nishonova hamda Jizzax politexnika instituti xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Bibirajab Tursunova mahalla va ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar hususida axborot berdilar.

-Shu paytgacha o’tkazilgan davra suhbatlarida bolalarning huquqlari, ta’lim olish erkinligi, qiziqishlari haqida mutaxassislar bilan fikrlashgan bo’lsak, bugun shunga amin bo’ldimki, bola oilada tug’iladi, mahallada va jamiyatda haqiqiy o’z o’rniga ega shaxs bo’lib shakllanadi. Shuning uchun dastlab bola huquqlari haqida gap ketganda, eng avvalo bo’lajak ota-onalar ularni tarbiyalashga tayyor bo’lishlari kerak. Buning uchun ular sog’lom bo’lsagina, jamiyat sog’lom va yetuk shaxslardan tashkil topadi, - deydi "Jizzax” radiokanali muxbiri Sevara O’roqova.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari hududlarda aholi salomatligi yo’lida olib borilayotgan ishlar bilan birga farzandlarning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishida mahalla faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar
 M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. 

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori