26 августа 2017

Jizzax shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi

Jizzax shahrida aholi bandligini ta’minlash maqsadida bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, shahar hokimligi, shahardagi barcha kasb-hunar kollejlari hamkorligida joriy yilning 23 avgust kuni ish bilan band bo‘lmagan aholini, jumladan yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar, jazoni o‘tagan va jazoni o‘tash joylaridan ozod qilinganlar, harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

 Yarmarkada shahardagi faoliyat ko‘rsatayotgan jami 62 ta korxona, tashkilot va xo‘jaliklar o‘zlarining 106 ta bo‘sh ish o‘rinlari hamda shahar hokimining 2016 yil 14 dekabrdagi qaroriga asosan ajratilgan kvota ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkada aholining ish bilan band bo‘lmagan faol ish qidiruvchilari, jumladan yoshlar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xotin-qizlar, nogironlar, jazoni o‘tagan va jazoni o‘tash joylaridan ozod qilinganlar, harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan fuqarolardan jami 132 nafar fuqaro ishtirok etdi. Shundan 41 nafarini kollej bitiruvchilar tashkil etdi.

«Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasida ish so‘rab murojaat etgan fuqarolarning 28 nafari yo‘llanma asosida o‘zlari tanlagan kasb mutaxassisliklari bo‘yicha shahardagi korxona, tashkilotlarga ishga yuborildi. Yarmarkada ishtirok etgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga, jumladan yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar, jazoni o‘tagan va jazoni o‘tash joylaridan ozod qilinganlar, harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan fuqarolarga «Aholini ish bilan ta’minlash» to‘g‘risidagi qonun asosida, o‘zlarining tadbirkorlik faoliyati boshlashlari uchun shahardagi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi.

Shahardagi korxona va tashkilotlarga yo‘llanma asosida ishga yuborilgan fuqarolar  28 nafarni tashkil etib, ulardan 13 nafari 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 12 nafari xotin-qizlarni tashkil qiladi.

Shunday fuqarolardan 5 nafari kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalarga ega bo‘ldilar.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Jizzax mintaqaviy byurosi xodimlari xam ishtirok etib, Mehnat yarmarkasi ishtirokchilariga chet elda qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish tartiblari hamda bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Mehnat yarmarkasiga jalb qilingan fuqarolardan 26 nafariga Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi va 4 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi. Shuningdek, fuqarolarga Janubiy Koreya, Polsha va Yaponiya davlatlariga borib ishlashning qonuniy tartiblari tushuntirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Manba: Jizmehnat.uz

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-2]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3]
  • [rating-minus]Не нравится[/rating-minus]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-3]

Похожие новости:

16-22 avgust kunlari Jizzaxda ixtisoslashtirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka”lari tashkil etilmoqda

16-22 avgust kunlari Jizzaxda ixtisoslashtirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka”lari tashkil etilmoqda
Joriy yilning 16-22 avgust kunlari viloyatimizning shahar va tumanlarida ixtisoslashtirilgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka”lari tashkil etilmoqda.  

Bitiruvchilar bandligini ta'minlash ustuvor masala

Bitiruvchilar bandligini ta'minlash ustuvor masala
Joriy yilning 11 mart kuni Jizzax tibbiyot kollejida kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.    

Jizzaxda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbarining sayyor qabuli tashkil etildi

Jizzaxda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbarining sayyor qabuli tashkil etildi
2015 yilning 17 avgust kuni Jizzax shahar hokimligida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarovning sayyor qabuli tashkil etildi.   

“Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati safi kengaymoqda

“Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati safi kengaymoqda
"Kamolot” YIH viloyat Kengashi, Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari tashabbusi bilan talabalar "Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati safiga keng jalb etildi.  

Jizzax shahrida Amnistiya akti qo'llanilishi ustidan jamoatchilik nazorati ta'minlanadi

Jizzax shahrida Amnistiya akti qo'llanilishi ustidan jamoatchilik nazorati ta'minlanadi
 Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 14 noyabrdagi Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda qarorning
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: