10 октябрь 2016

Sog‘lom oila –kelajak poydevori

Sog‘lom avlod mamlakatning qudrati va yorqin kelajagini ta'minlaydi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk inson qilib voyaga yetkazishga qaratilayotgan e'tibor yuksak samara bermoqda.

 

Sog‘lom oila –kelajak poydevori

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1avgustida qabul qilingan «2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustaxkamlash, onalar, bola­lar va o‘smirlar sog‘ligini muxofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida respublikamizning xamma viloyat, tuman va shaharlarda onalik va bolalikni muxofaza qilish, ayollar huquqlarini himoyalash, reproduktiv salomatlikni ta'minlash, oilani xar tomonlama mustahkamlash borasidagi qonunchilikning bajarilishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Sog‘lom bola tug‘ilishi, oraliq muddatni saqlash, xomilador ayollarning tibbiy ko‘rigini sifatli amalga oshirish, erta tug‘uruqlarni bartaraf etish, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish, ayollar sportini ri­vojlantirish, sport soxasidagi murabbiy xotin-qizlar safini yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotir.

Oilada sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirish maqsadida maxalla faollari bilan xamkorlikda xonadonlarda uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmokda. Sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Bu borada oilalarimizda sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirish barobarida sport bilan muntazam shug‘ullanish xam beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan ko‘p shaxar va tumanlarda Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida uy bekalari uchun suzish to‘garaklari tashkil etilgan. Davra suxbatlarida tibbiyot xodimlari va bir qator mutaxassislar ishtirokida ayollarimizga suzishning inson salomatligi uchun nechog‘li foydali ekanligi tushuntirib borilayotir. Shuning uchun, basseyndan foydalanuvchi sportsevar ayollarimiz safi kundan kunga kengayib bormokda. Sa'y - xarakatlar natijasi maxalladagi diniy ma'rifat va ma'naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslaxatchilar, maxalla shifokorlari, patronaj hamshiralarning har bir oilani o‘rganishida yaqqol sezilmoqda.

Yoshlarni oilaga tayyorlash, oila qurish ostonasida turgan yigit-qizlarimiz ongini muqaddas qo‘rg‘on ekanini singdirish maqsadida kasb-xunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida «Oila – mening oltin qo‘rg‘onim» insholar tanlovi, «Sog‘lom oila – zurriyod istiqboli, porloq kelajakning mustaxkam poydevori» mavzusida tadbirlar o‘tkazildi. «Mening oilam» mavzusida tasviriy san'at bellashuvi, oilalar o‘rtasida quvnoq startlar musobaqasi tashkil etildi.

Yana bir muhim hujjatga asosan oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni tartibga solishga qaratilgan «To‘ylarimiz xaqida o‘ylarimiz», «Tejamkor oila», «Tartibli marosim», «Ibratli to‘y» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazish an'ana tusiga kirdi desak, xato bo‘lmaydi.

Xotin-qizlar qo‘mitalari, «Mahalla» hayriya jamoat fondlari va tegishli tashkilotlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, keyingi paytda maxallalarda o‘tkazilayotgan «Qiz bazmi», nikohdan o‘tish tadbirlari, hayitlarda kelinlarga hayitlik jo‘natish xamda «etti», «Yigirma» kabi marosimlar qisqartirildi. Ixcham, kamxarj to‘ylarimiz oila qurayotgan ikki yoshning kelajagi va baxt-saodati uchun qilinayotganini to‘yboshilarimiz anglab yetmoqda. Joylarda yaxshi niyat bilan to‘y qilmoqchi bo‘lgan mahalladoshlar dastlab qo‘ni-qo‘shnilarini xabardor qilish bilan birga maxalla raisi va maslaxatchisini ogohlantirish odatiy tusga kirgan.

2016 yil Jizzax shahrida joylashgan maktab bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida bitiruvchilar ro‘yxati shakllantirilib, bandlikka ko‘maklashuv markazi bilan xamkorlikda ularni ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Ushbu mavzular doirasida shaxardagi kasb-xunar kollejlar, akademik litseylar, maxalla fuqarolar yig‘inida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Hamkor tashkilotlar bi­lan olib borayotgan ushbu yunalishdagi faoliyat aniq maqsad sari yo‘naltirilgani bois davra suxbatlari, soxa mutaxasisslari bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlarda yoshlarimiz o‘zlarinipg mustaqil fikrlarini bildirishmoqda. Natijada shaharda odam savdosidan jabr ko‘rganlar, giyoxvandlik balosiga giriftor bo‘lganlar deyarli uchragani yo‘q.

Erta nikohning oldini olishga qaratilgan tadbir­lar natijasida umumta'lim maktablari va kasb-xunar kollejlarida «Oila – maxala - ta'lim muassasalari xamkorligi» jamoat kengashlari, fuqarolar yig‘inining vo­yaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalari erta turmushning oldini olish bo‘yicha ko‘p marotaba davra suxbatlari o‘tkazildi va bu yo‘nalishda tadbirlar davom etmoqda. Chunonchi, erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoxlarning salbiy oqibatlariga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natija bermoqda, ko‘p xolatlarda erta nikoxning oldi olinmoqda.

Oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat yanada taraqqiy etib boraveradi. Sog‘lom oilani vujudga keltirish esa maxalla faolla­ri, ta'lim muassasasi, tibbiyot xodimlari, sizu bizning asosiy vazifamizdir. Bu borada xamkorlikni kuchaytirishimiz, har bir xonadonda sog‘lom ma'naviy muhitni yaratishda astoydil mehnat qilishimiz lozim.

A. Husanov


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Matbuot anjumani sog‘lom ona va sog‘lom bola tamoyilini qaror topshirishga bag‘ishlandi

Matbuot anjumani sog‘lom ona va sog‘lom bola tamoyilini qaror topshirishga bag‘ishlandi
2015 yil 15 iyul kuni viloyat hokimligida "Sog‘lom ona – sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, oilada tibbiy

Jizzaxda “Sog‘lom hayot sari” yoshlar aksiyasi tashkil etildi

Jizzaxda  “Sog‘lom hayot sari” yoshlar aksiyasi tashkil etildi
Jizzax shahridagi "Mustaqillik” maydonida Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasining "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” loyihasi doirasida ijtimoiy hamkorlikda "Sog‘lom hayot sari” deb nomlangan

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: