17 сентябрь 2016

Abduqahhor To‘xtayev Jizzax shahar hokimi etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Shu kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga ko‘ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To‘xtayev tasdiqlandi.

Shu kunning o‘zida yana bir nechta tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, shuningdek, qator tuman hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar tasdiqlandi.

Jumladan, Rahmonqulov Akram Baxritdinovich Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga, Aripov Akram Oromovich viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masallari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga, Tuxtayev Abduqaxxar Xasanovich Jizzax shahar hokimi lavozimiga, Saliyev Ergash Alibekovich Arnasoy tumani hokimi, Yuldashev Abdurashid Mamatovich Jizzax tumani hokimi, Babajanov Islom Alimovich Zarbdor tumani hokimi, Israilov Alisher Xudjamovich Zafarobod tumani hokimi va Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich Paxtakor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga

Matbuot anjumani viloyatda sanoatni rivojlantirish va bandlik masalalariga bag’ishlandi

Matbuot anjumani viloyatda sanoatni rivojlantirish va bandlik masalalariga bag’ishlandi
O’zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jizzax viloyat hokimligining 2015 yil 20 yanvardagi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi
 2015 yil 10 yanvar kuni xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: