17 сентябрь 2016

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 16-sentabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.Shavkat Mirziyoyev safar davomida viloyatning Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, Do‘stlik tumanlarida bo‘ldi.

Jizzax viloyati faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ozodligi, yurt ravnaqi, tinchligini ta’minlash borasidagi faoliyati, beqiyos xizmatlari alohida qayd etildi. Xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan bu buyuk siymoning hayot yo‘li bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tashi ta’kidlandi. So‘nggi chorak asr mobaynida erishilgan olamshumul yutuqlarimiz ko‘lamini yanada oshirish barchamizning burchimiz ekaniga alohida urg‘u berildi.

Shu bilan birga, tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda viloyatda sanoat sohasining rivojlanishi, yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish va kuzgi g‘alla ekish mavsumining borishiga doir masalalar tahlil etildi. Iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar, kommunikatsiya tizimlarini yanada taraqqiy ettirish, obodonlashtirish, zamonaviy bino va inshootlarni qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aholi turar joylari fondi va ijtimoiy soha muassasalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, sanoat va boshqa sohalarning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari ham yig‘ilish qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Shu kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga ko‘ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To‘xtayev tasdiqlandi.

Shu kunning o‘zida yana bir nechta tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, shuningdek, qator tuman hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar tasdiqlandi.

Manba: UzA


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,7 foizga oshdi

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  13,7 foizga oshdi
Viloyat faollarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil o‘tgan to‘qqiz oyi yakuniga bag‘ishlangan  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatimizdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, viloyat

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi
 2015 yil 10 yanvar kuni xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: