G'ururi baland jizzaxliklar

Jizzax shahar hokimligida faollar yig’ilishi bo’ldi. Unda Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faollik ko’rsatgan korxona va tashkilotlar, muassasalar rahbarlariga  shahar hokimligi tomonidan samimiy  minnatdorchilik bildirildi.

G'ururi baland jizzaxliklar 

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yilning 19-iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog’ida bildirilgan fikrlar, hududni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan belgilab berilgan yangi vazifa va marralar har birimizning qalbimizni quvonchga to’ldirdi. Davlatimiz rahbarining Jizzax shahri qiyofasini tubdan o’zgartirish, shaharda aylanma yo’l qurish, ko’chalarni aylanma yo’lga tutashtirish, shahar ichida yangi magistral yo’llar barpo etish, istirohat bog’lari tashkil etish yuzasidan bergan ko’rsatmalari asosida shaharning bosh rejasi qayta ko’rib chiqildi. Bu boradagi keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish uchun 1,5 trillion so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutildi, - dedi tadbirda so’z olgan Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov.

G'ururi baland jizzaxliklar

Aytish kerak o’tgan bir yil davomida Jizzaxda misli ko’rilmagan qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar albatta o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Shahar jamoatchiligi vakillari har bir amalga oshgan ishga o’zining hissasini qo’shdi.

 

Jumladan,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrdagi "2030 yilgacha bo’lgan davr uchun Jizzax shahrining bosh rejasining tasdiqlash to’g’risi”dagi   qaroriga asosan  shaharning  arxitekturaviy  qiyofasini  yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda yo’l transport tizimini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarga asosan  bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga kirishildi.

 

Qisqa fursatda, loyiha qiymati  qariyb 38 mlrd. so’m bo’lgan "10 ming tomoshabinga mo’ljallangan futbol va yengil atletika universal sport majmuasi”da qurilish montaj ishlari ishlari olib borildi. Ayni paytda bu yerda so’nggi pardozlash, kommunikatsiya ishlari olib borilmoqda. 2015 yilning mart oyida stadion foydalanishga topshiriladi.

2014 yilda  hududiy investitsiya dasturiga muvofiq  8 ta tijorat banklari tomonidan  A.Navoiy ko’chasi  bo’ylab kredit mablag’lari hisobidan birinchi qavati maishiy xizmat ko’rsatish va savdo do’konlariga mo’ljallangan 9 ta va "Mustaqillik” ko’chasida   31 ta 3 qavatli turar-joylar qurilishi  yakunlanib qoldi.

G'ururi baland jizzaxliklar  

Ayni paytgacha 2014 yil "Manzilli dasturi” ga muvofiq Jizzax shahridagi  8 ta ko’chada  jami  9,2 km, shartnoma qiymati 5 mlrd 843 mln.so’mlik yo’llarda tahmirlash ishlari  olib borildi.

G'ururi baland jizzaxliklar 

G'ururi baland jizzaxliklar 

Bundan tashqari,   Eski shahar "Dehqon bozori”da 6,4 mlrd so’mlik, Eski shahar "Buyum bozori”da jami 781.0 mln.so’m,  "Markaziy” dehqon bozorida esa 6,8 mlrd. so’mlik  rekonstruksiya  ishlari amalga oshirildi. Natijada bozorlarning qiyofasi butunlay o’zgarib zamonaviy ko’rinishga keltirildi. Baliq va go’sht,  parranda va sut mahsulotlari, ulgurji savdo ayvoni,  qishloq xo’jalik mahsulotlari savdo pavilonlari qurilib bugun bu yer odamlar bilan gavjum.

Jizzax shahri aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun shaharning 15 ta mahallasida umumiy maydoni 15 gektar bo’lgan 21 ta hiyobonlar, shundan 7 ta rekonstruksiya va 12 ta yangi  xiyobonlar tashkil etish uchun yer maydonlari ajratildi. Natijada loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq umumiy qurilish qiymati 8 mlrd. 428 mln. so’mni tashkil qiluvchi 12 ta xiyobonlar barpo etildi.

G'ururi baland jizzaxliklar  

Faollar yig’ilishida ana shu ishlarni amalga oshirishda faollik ko’rsatgan mahalla fuqarolar yig’inlari, ta’lim, sog’liqni saqlash tizimi, shahar hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga hokimlikning tashakkurnomasi tantanali tarzda topshirildi.

G'ururi baland jizzaxliklar 

G'ururi baland jizzaxliklar 

G'ururi baland jizzaxliklar

Odamlar ruhiyati va ma’naviyatidagi yuksalishlar hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatining muhim va ta’sirchan omili bo’lmoqda. Bu hokimlik tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda ham o’zining yaqqol isbotini topdi. Jizzax xalqi turli sohalarda erishayotgan salmoqli natijalari bilan mazkur yutuqlarga o’z hissalarini qo’shayotganlaridan faxr hissini tuymoqdalar.

 

Tadbirda Jizzax shahrida 2014 yil davomda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va qurilish, bunyodkorlik sohalarida erishilgan natijalar to’g’risida tayyorlangan "Jizzax: kecha, bugun, ertaga” nomli videorolik namoyish etildi.

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 7-01-2015, 15:05
0
2812

Похожие публикации


Наверх