140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar

2014 yil 4 noyabr kuni M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar 

 Tadbir avvalida so’z olgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi E.Basitxanova 2011 yilda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan respublikadagi o’quv muassasalari qoshida "Orasta qizlar” to’garaklari tashkil etilgani, to’garakning asosiy maqsadi, bolalar, o’smirlar va yoshlarda shaxsiy gigienik sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini to’g’ri shakllantirish, ularda o’zining, xonadonining, mahallasining va atrof-muhitning tozaligiga e’tiborini kuchaytirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, qizlarning o’zaro munosabatlaridan unumli foydalangan holda yoshi va fiziologik rivojlanishi bosqichiga qarab ular o’rtasida balog’atga yetmasdan turmush qurishning oldini olish, nikoh yoshidagi qizlar o’rtasida oila muqaddasligi, o’zaro munosabatlar haqida keng tushuncha berishdan iboratligi xususida gapirib, to’garak nafaqat tibbiy, balki g’oyaviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarini ham olib borishini ta’kidladi.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan "Sog’lom bola yili” Davlat dasturining 82-bandida Xalq ta’limi vazirligi hamda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tizimidagi o’quvchi qizlar o’rtasida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovini o’tkazish ko’rsatib o’tilgan.

O’zbekiston   Xotin-qizlar qo’mitasi  Axborot xizmati tarqatgan press relizga ko’ra, tanlovning quyi bosqichlarda ishtirok etgan 35 mingga yaqin qizlar orasidan saralab olingan har bir hududdan 10 nafardan, jami 140 nafar qizlar 14 ta jamoaga birlashgan holda bellashdilar. Tanlovning shartlari va savollarining manbasi sifatida Prezidentimizning "Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asari hamda Kaykovusning "Qobusnoma” asari tanlab olindi. Har ikkala asar ham inson ma’naviyatini, yoshlarimizning odob-axloqini tarbiyalashda eng yuqori darajalarda xizmat qiladigan yetuk asarlardir.

Tanlov doirasida har bir ishtirokchiga Xalq ta’limi vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining sovg’alari, shuningdek, ularga tengdoshlari qalbida vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ulardagi yetakchilik qobiliyatini yuksaltirish, do’stlarining o’qishga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, 12 yillik majburiy ta’lim mohiyatini tushuntirish, balog’atga yetmasdan turmush qurishning oldini olish, xonadoni va mahallasini ozoda saqlash, milliy qadriyatlarni singdirish, "Orasta qizlar to’garagi faoliyatini kuchaytirish kabi yo’nalishlarda o’z hududlarida targ’ibot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan sertifikatlar ham topshirildi.

Tanlovda qur
a tashlash asosida hududlar kesimida bellashish aniqlab olindi. Savollarga to’g’ri javob bergan eng yaxshi 4 ta jamoaga o’rin belgilandi
Ko’rik tanlov natijalari :

Birinchi o’rin - Namangan viloyatining "Namangan gullari” jamoasi;

Ikkinchi o’rin - Toshkent viloyatining "Namuna” jamoasi;

Uchinchi o’rin - Qashqadaryo viloyatining "Nafosat” va Surxondaryo viloyatining "Surxon gavhari” jamoalariga nasib etdi.

Taqdirlash marosimida  g’olib bo’lgan 4 ta jamoaga diplom, esdalik sovg’alari topshirildi. Yakunda Toshkent shahar hokimligi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan tayyorlangan   madaniy-musiqiy tadbir namoyish etildi.

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 6-11-2014, 11:43
0
7525

Похожие публикации

Наверх