19 июля 2017

O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI

Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26 yoshga to‘ladi. Bu bir navqiron yigit yoshiga teng yosh. Shu qiska davr biz yoshlarga qanchadan-qancha mislsiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilgan bunday etibor menga ulkan kuch va shijoat baxsh etadi. Barcha soxalarda bo‘lgani kabi yoshlarimizning manaviy-marifiy tarbiyasiga ham katta etibor qaratildi. Meni shu o‘rinda bir narsa taajubga soladi. Nega ayrim ko‘zi ochiq so‘qirlar shunday go‘zal yurtga, aniqrog‘i o‘zi tug‘ilib, kindik koni to‘kilgan yurtiga tosh otishga urinayapdi? Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: Xo‘sh, ular soxta din peshvolari iskanjasiga qanday tushib qolmokda? Ularning tinch xayotidan, dinu-iymonidan kechib, jangu-jadal yulini tanlashda davom etayotganligining sababi nimada? Axir uzi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasiyu, o‘z jigarlaridan kechishga ularni nima majbur qilayapdi? Gap shundaki, zo‘r berib tarafdorlari sonini ko‘paytirishga urinishar ekan terrorchi to‘dalar ayniqsa, ish izlab, xorijda yurganlarning o‘rtasida o‘z yovuz g‘oyalarini tarqatishga ruju quyishgan. Natijada o‘z yurtida yaratilgan qulay sharoitga, halol mexnat muhitiga qanoat qilmagan bu kimsalar soxta din peshvolarining davati bilan terrorizm va diniy ekstremizm harakatlariga qo‘shilib ketmokda. Bu terrorchi to‘dalar o‘z maqsadlari yulida ularga buysunaganlarni omma oldida qatl etib,qolganlarni qo‘rkhqitish yuli bilan o‘z tomonlariga majburlab og‘dirib olishmoqda. Qolaversa terrorchi zo‘ravonlar g‘o‘r yoshlarni o‘z tasiri doirasiga tortishda internetdan xam keng foydalanmokda. Diniy okimlar tasiriga tushib kolgan va ayni paytda dunyoning qonli nuqtalarida jixod niqobi ostida janglarda qurbon bulayotgan tengdoshlarimizning kupchiligi internet orqali terrorchilarning tuzog‘iga ilingan.

Ana endi barcha sharoitlarga ega turli o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan, kerak bo‘lsa o‘zining yuqori bilim va saviyasi bilan jaxon maydonlarini egallayotgan, qolaversa sport soxasida ham o‘zbek bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan yoshlar bilan ularni solishtirib bo‘ladimi? Aslo yo‘q.

Demak ana shunday mard va jasur o‘g‘lonlarimiz bor ekan, xalqimizning osuda xayotiga, yurtimiz tinchligiga hyech kim va hyech qanday kuch tahdid sola olmaydi.

B.Ergashev, harbiy xizmatchi

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

VATANNI SEVMOQ LOZIM

VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo aylash, sarhadlarini ko‘z-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi
Ma'lumki, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm ko‘plab oilalar, xalqlar boshiga mislsiz kulfat solmoqda. O‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bu kabi manqurt, razil

Islom niqobi ostidagi terroristlar

Islom niqobi ostidagi terroristlar
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatiga xavf soladigan asosiy tahdidlardan biri bu diniy ekstremizm va terrorizmdir. Suriya, Iroq, Afg’oniston kabi mamlakatlarning tinchligini buzgan va tinch aholi