18 июля 2017

Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida

O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir qator prinspial ahamiyatga molik bo’lgan ilg’or progressiv g’oyalar o’z aksini topgan. Shuningdek, o’z hududida horijiy davlat harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yo’l qo’ymasligi alohida qayd etilgan. O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini o’zida saqlab qolishi Konsepsiyasida ham o’z aksini topgan.

Turli zamonlarni kuzatar ekanmiz armiya, harbiylar davlatlarning ozodligi, xalqning erki, millatlar farovonligi uchun xizmat qilgan, zarur bo’lsa jonini fido qilgan. Tarixdan ham yaxshi ma'lumki, har bir mamlakatning tinch, osuda hayoti uning qudratli armiyasigа bog`liq bo'lgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Quchlarni barpo etishga katta e'tibor qaratildi. O’zini himoya qila olmagan, mustaqilligi uchun kurashmagan elatlar doimiy ravishda mamlakatda birovlarga qaram bo’lib yashab kelgan. Zotan, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, "O’z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, Vatanini himoya qila olmaydigan, bunga kuchi-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir itoat etishda, bo’yin egishga majbur bo’ladi”.

Ta’kidlashimiz kerakki, Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish, uning huquqiy asosini yaratish bilan chambarchas bog’liqdir. Shu boisdan, o’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizdagi harbiy soha islohotlari bilan bog’liq strategik maqsadlarga erishishning muhim huquqiy poydevori bunyod etildi. Eng avvalo, mamlakatimizning Bosh qomusida O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi belgilab qo’yildi. Konstitutsiyamizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakat suveriniteti va hududiy yaxlitligi, respublika aholisining osuda hayoti va xavfsizligini ta’minlash masadida tashkil etilishi mustahkamlandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining "Mudofaa to’g’risida”gi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat tog’risida”gi, "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqidagi qonuniga, Prezident va Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlariga aniqlik kiritildi.

2012- yilda yana bir tarixiy hujjat – mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan "O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlsh tog’risidagi” qonun qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimizning uzoq yillarga mo’ljallangan tashqi siyosiy strategiyasini belgilab beruvchi o’ta muhim hujjat sifatida baholash mumkin. Ha, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz dahlsizligi ko'p jihatdan Qurolli Quchlarimizda xizmat qilayotgan mard,jasur, va sergak harbiylarimizga bog`liq. Shu bois mustaqilligimizning ilk yillaridanoq,davlatimizning birinchi prezidenti rahnamoligi va tashabbusi bilan Qurolli Quchlar tizimini tubdan isloh etish,modernizatsiyalash va zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. Ana shu e'tibor samarasi o'laroq o'tgan qisqa muddatda O'zbekiston o'zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, sarhadlarimiz dahlsizligini,xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir Qurolli Quchlariga ega bo'ldi, mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilma joriy etildi.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi mustaqillikning chorak asri davomida tizimda ham izchil islohotlar amalga oshirildi. O'tgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari dahlsizligini ta'minlash bo'yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir milliy armiyamizni barpo etish bo'yicha o'zining ko'lami va miqyosiga ko'ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda olib borildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan "Milliy armiyamiz mustaqilliqning tinch va osoyishta hayoimizning mustahkam kafolatidir" risolasida shunday ta'kidlagan edi, "Armiyaning kuch qudratini to'la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz Vatan va xalq o'z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o'g`lonlarimizning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish endi dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go'zal hayotni o'zi va oilasi kelajak avlodlari uchun ham beg`ubor va boqiy saqlashga ma'sul ekanini teran his eta olsin".

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi islohotlardan bilan chambarchas bog’liq ravishda qabul qilingan qonunlar bilan birga, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan imzolangan bir qator farmon va qarorlar ham armiyamizning qiyofasi va jangovar imkoniyatlarini , harbiy jamoalardagi ma’naviy-ahloqiy muhitni yanada kuchaytirsh maqsadida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.

Mustaqillik biz uchun ulkan imkoniyatlareshigini ochib,dunyo hamjamiyatida o'z o'rnimizni topishgа zamin yaratdi. Shu bois, yurtimizning har bir fuqarosi mustaqillikni bebaho ne'mat sifatida qadrlab, uni asrab avaylashga, uning har bir kunidan samarali foydalanishga haraqat qilishadi.Ayniqsa bunyorqorliq ishlarining kundan-kunga, yildan-yilga ko'lami kengayib, shahar va qishloqlarimiz o'zgacha chiroy ochmoqda. Yurtda tinchlik, osoyishtalik hukm surib, Vatan obod, xalq turmushi farovon kechmoqda. Mana shu farovon hayotni ta'minlashda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan o'g`lonlarning hissalari beqiyosdir.

2012 yil 11 sentabrda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tashabbusi bilan "Mardlik” ordenining ta’sis etilgani bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir. Ushbu orden bilan harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolar orasidan Vatan himoyasi uchun o’zini bag’ishlagan, ona-yurt xizmati yo’lida jasurlikva dovyuraklik ko’rsatgan yurtdoshlarimizning mukofotlanishi belgilab qo’yildi. Alohida hollarda orden bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov "Mening ezgu orzuyim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va hislatlarini o’zida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandalarimiz o’zi tug’ilib o’sagan, voyaga yetgan, ota-bobolarining hoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bo’lsin”, degan ezgu g’oyani ilgari surganlar.

Mustaqil har bir xalqqa o’z kuchi va qudratiga tayangan holda ajdodlarning asriy orzu – umidlarini ro’yobga chiqarish, hech kimga mute bo’lmay yashashdek muqaddas huquqni beradi. Bu huquqni himoya qilish uchun Vatanni har qanday xavf-xatar va hujumlardan saqlash, g’animlarga munosib zarba berishga qodir bo’lgan Qurolli Kuchlar – milliy armiyaga ega bo’lishi talab etiladi.

 

Sh. Rajabov,7379 harbiy qism komandiri o’rinbosari, kapitan


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

VATANNI SEVMOQ LOZIM

VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo aylash, sarhadlarini ko‘z-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.