18 июля 2017

MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi to’g’risidagi g’oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbalaridan e’lon qildi. Aytish kerakki, O’zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining mohiyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari kechroq angladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidendi Islom Abdug’aniyevich Karimov 1993- yil 28-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg’oniston muammosini izchil o’rganish va yechishga chaqirdi. O’zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatning huquqiy me’yorlariga mos keladi.

Din davlat siyosatiga aralashmaydi. Shu bilan birga har qanday din avvalo ma’naviy-ahloqiy hodisa bo’lib u xalqning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotni to’laligicha o’zida mujassamlashtirilishiga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o’z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Manbaalarda keltirilishicha, millat muayyan hududda istiqomad qilib, umumiy til, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi ijtimoiy birlik hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra yer yuzida 1600 dan ortiq millatlar yashaydi. Ularning har birining soni bir necha o’n mingdan bir necha yuz milliongachani tashkil etib, ushbu millatlardan faqat 200 ga yaqinigina o’z davlatchiligiga ega. Hozirda millatlarning 90 foiziga yaqini ko’p millatli davlatlardan iborat. Dunyoda barqaror vaziyatning hukm surishi millatlar o’rtasidagi o’zaro ahillik bilan bog’liq. Shunday ekan, ijtimoiy siyosiy hayotda barcha millatlarning manfaatlari, intilishlarini o’rganib borish va hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, "Har qanday millat, u naqadar kichik bo’lmasin - insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi. Yer yuzidagi madaniy va genetik fondining, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi”, bu so’zlarning har birining tagida g’ij-g’ij ma’no yotibdi.

Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonda yashab faoliyat ko’rsatayotgan turli konfessiya vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinlgi uchun yo’l ochildi. Hukumatimiz din, ma’naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Mamlakatimiz rahbariyati o’zining dinga munosabatin "dunyoviylik-daxriylik emas” tamoyili asosida aniq va prinsipial belgilab oldi. Bugungi kunda malakatimizda turlie’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o’rtasida murosa va hurmat o’rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ko’pkonfessiyalikning real ijtimoiy holat ekanligi va uning kelajakda ham saqlanib qolishinihisobga olgan holda diniy bag’rikenglik uchun to’la sharoitlar yaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidendi Islom Abdug’aniyevich Karimov bejiz ta’kidlab o’tmagan: "Millatlarni millatlarga, elatlarni elatlarga turli dindagilarni bir biriga qayrashda axborotning qanchalar bir vayronkor kuchga ega bo’lib borayotganini zamonning o’zi ko’rsatib turibdi”.

MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI

 Shunisi e’tiborliki, nosog’lom axborot oqimlaridan shaxslarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan: xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi Konvensiya, "Voyaga yetmaganlarga uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarini joriy qilish to’g’risida” Yepropa ittifoqi parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "bola Germaniyaning "Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to’g’risidagi” qonunlari, Litva davlatining "Bolalarni sog’lig’i va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to’g’risidagi” qonuni va Rossiyaning qonunlarini misol keltirishimiz mumkin.

Shu qatorda hozirda davlatimizga nisbatan amalga oshirilayotgan information taxdidlarga qarshi kurash jarayonlarini shakllantirish aholining ijtimoiy-siyosiy ma’suliyati va siyosiy huquqiy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng ko’lamli amalga oshirilmoqda. Bu ishlarga har birimiz o’z hissamizni qo’shishimiz globallashuv davrining asosiy talablaridan biridir. Zero birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "G’oyaga qarshi g’oya,fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish mumkin”deb aytgan ta’riflarining dolzarbligini keng ommaga yanada chuqurroq tushuntirish va ushbu yo’nalishdagi amaliy ishlarni jadallashtirishimiz lozim.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, barcha millatlarning teng huquqliligi va erkinligi "inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da belgilab qo’yilgan bo’lib, jahon siyosatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham ko’p millatli mamlakat hisoblanib,1989 yilda o’tkazilgan hozirgi aholi ro’yhati ma’lumotida O’zbekistonda 136 millat va elat vakillari isteqomat qilishlari ko’rsatilgan. Shuni aytish kerakki, ko’p millatli davlatlarda millatlararo hamjihatli milliy xavfsizlikni shakllanishida muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilishini chuqur anglagan holda, respublikamizda mustaqillikning ilk yillaridanoq yurtimizda yashovchi har bir fuqaro, uning millati, e’tiqodidan qat’iy nazar davlat himoyasida ekani Qonun bilan belgilab qo’yildi.

Bosh qomusimiz – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga alohida e’tibr qaratilib, uning har bir moddasida, har bir bandida xalqaro huquq me’yorlari, milliy bag’rikenglik tamoyillari aks etgan.

SH.Rajabov- 7379 harbiy qism komandiri o’rinbosari,

harbiy qism komandiri o’rinbosari,

kapitan
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Оdam savdosi- millat kushandasi

Оdam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab Yurtboshimiz boshchiligida jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda va muayyan

Farzandlari e’zozdagi yurt

Farzandlari  e’zozdagi  yurt
 Bu borada qilinayotgan ishlarni yoritishda  ommaviy axborot vositalari hamda  matbuotning o’rni katta  albatta. 

Odam savdosi — inson erkinligiga tahdid

Odam savdosi — inson erkinligiga tahdid
 Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski,