20 декабря 2014

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi

20 dekabr kuni 2014 yilgi saylovlarni yoritish bo‘yicha Jizzax viloyat matbuot markazida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi

Viloyat saylov komissiyasi raisi Aleksandr Skripkin matbuot anjumani ishtirokchilariga sifat jihatidan yangi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o‘tayotgan bu galgi saylov kampaniyasining xususiyatlari haqida gapirib berdi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tatbiq etish doirasida, shuningdek 2009 yilgi parlament saylovini o‘tkazish amaliyotini hisobga olgan holda mamlakatimizning Konstitutsiyasiga va saylov qonunchiligiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Shuningdek, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturiga qat’iy muvofiq ravishda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Saylov qonunchiligini saylovchilarga keng tushuntirish, fuqarolarni siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, deputatlikka nomzodlarning ishchanlik va ma’naviy fazilatlari bilan tanishtirish, saylovchilarning saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish xabardorligi darajasini oshirishni ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar tashkil qilindi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi  

Anjumanda ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi doirasidagi barcha tadbirlar ochiq va oshkora, qonunchilikka qat’iy muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda. 

Qonunchilikka muvofiq saylov kuni o‘z yashash joylarida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi. Ayni damgacha viloyat miqyosida 100 nafardan ortiq saylovchi muddatidan avval ovoz berish imkoniyatidan foydalangan. Ayrim saylovchilar salomatligiga ko‘ra yoki boshqa sabablar bo‘yicha ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga muvofiq uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni ular turgan joyda tashkil etadi. 

Saylov kampaniyasining muhim bosqichi – saylovoldi tashviqoti yakunlandi. Siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratildi. Saylovoldi tashviqotini olib borish uchun tekin asosda davlat tele- va radiokanallarida teng efir vaqti va respublika hamda mahalliy bosma OAVda teng bosma maydoni ajratildi. Siyosiy partiyalar saylovchilar bilan uchrashuvlarini mustaqil ravishda o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. 

Matbuot anjumanida xalqaro kuzatuv institutining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bugun xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar missiyalari Jizzaxga ham kelib, o‘z faoliyatini amalga oshirayotganligi ma’lum qilindi. Bulardan  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqaro kuzatuvchilar missiyasi a’zolari ayni damda viloyatimiz hududida bo‘lib turishibdi. Matbuot anjumanidan oldin rossiyalik xalqaro kuzatuvchi Aleksandr Antonov jurnalistlar bilan uchrashdi hamda saylov jarayonining atroflicha yoritilayotganligi yuzasidan intervyu berdi.

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi 

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi

Jizzaxda saylov jarayonlarini yoritish yuzasidan matbuot anjumani bo‘ldi  

Ta’kidlash lozim, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Osiyo, Evropa, Afrika, Amerikaning 50 dan ortiq davlatining 300 dan ziyod kuzatuvchilari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ular bevosita 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatadilar va o‘zlarining xulosalarini berishlari kutilmoqda. 

Viloyat saylov komissiyasi saylov kuni saylovlarni yoritish bo‘yicha viloyat matbuot markazida 21 dekabr soat 15.00 da ovoz berish jarayoni haqida brifingda jamoatchilikni xabardor qilib boradi, keyingi kunda esa dastlabki natijalar e’lon qilinadi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki bu yil viloyat miqyosida 463 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. ayni paytda 1 mln 227 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyatida saylovlarda 812 ming 259 nafar saylovchi ovoz berishi kutilmoqda. Ulardan 142 ming 144 nafari esa  birinchi marta ovoz beruvchilar sanaladi.

 

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-2]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3]
  • [rating-minus]Не нравится[/rating-minus]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-3]

Похожие новости:

Jizzaxda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi

Jizzaxda deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi
 2014 yilning 3 dekabrdan Jizzax shahrida deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan saylovoldi targ‘ibot uchrashuvlari boshlandi. Uchrashuvlar shahar saylov komissiyasi hamda siyosiy

Zominda “Yoshlar va saylov - 2014” loyihasi o’tkazildi

Zominda “Yoshlar va saylov - 2014” loyihasi o’tkazildi
  249-saylov uchastkasida tuman yoshlari ishtirokida "Vatan kelajagi sening qo’lingda” shiori ostida "Yoshlar va saylov - 2014” loyihasi bo’lib o’tdi.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga oldi

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga oldi
 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar

Jizzaxda Yangi yil archasi “Mustaqillik maydoni”dan "Forum" majmuasiga ko'chiriladigan bo'ldi

Jizzaxda Yangi yil archasi “Mustaqillik maydoni”dan
  Jizzaxda Yangi yil archasi endilikda "Mustaqillik maydoni”ga emas balki, boshqa hududga o’rnatiladigan bo’ldi. Ayni paytda yangi yil archasini shahrimizdagi "Forum” majmuasi hududiga

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida "O’zavtosanoat”
Giyohvandlik-umr kushandasi
Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359
Оdam savdosi- millat kushandasi
Оdam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk
VATANNI SEVMOQ LOZIM
VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
Ma’naviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim
Архив