03 июня 2016

“Jilli G‘ulli” mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

Katta sportga ilk qadamlar mahalladan boshlanadi. Shahar va qishloqlar, olis ovullardagi mahallalarda bolalar sport maydonchalari, turli seksiyalarni jamlagan majmualarning foydalanishga topshirilayotgani yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga odatlantiribgina qolmay, ular uchun nufuzli musobaqalar eshigini ochishi shubhasiz. 

“Jilli G‘ulli” mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

 

 

“Jilli G‘ulli” mahallasida bolalar sport maydonchasi ishga tushdi

  Joriy yilda Jizzax viloyati "Istiqlol” Avlodi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan "Jilli G‘ulli” mahallasida na'munaviy bolalar sport maydonchasini tashkil qilish nomli loyihasi "Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish” mavzusida e'lon qilingan davlat grantiga sazovor bo‘ldi.

 Kuni kecha loyiha doirasida Jizzax shahri "Jilli G‘ulli” mahallasida joylashgan 41 – sonli maktabgacha ta'lim muassasasida ochilgan bolalar sport maydonchasi kichkintoylar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tantanali ochilish marosimini Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Muxtorova ochib berdi. Shuningdek, unda so‘zga chiqqanlar shahar Jizzax shahar XTMMTBTE bo‘limi mudiri M.Zoirjonov, "Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘limi raisi N.Qobilov yurtimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan amaliy ishlar va bu boradagi erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida alohida ta'kidlashdi.

Ayni paytda "Jilli G‘ulli” mahallasida kam ta'minlangan oilalar soni 415 ta bo‘lib, ularda tarbiyalanayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 580 nafar bo‘lib, ularning 380 tasini qizlar tashkil etadi. Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqarli sport turlariga jalb etish maqsadida qurilgan maydoncha zamonaviy sport inventarlari bilan boyitilgan.

"Loyihamiz shahar Deputatlar kengashiga taqdim qilinib, maydonchaga joy ajratish bo‘yicha shahar hokimining qarori tasdiqlandi. Shu bilan birga ijtimoiy hamkorlik borasida shartnomalar imzolandi. Loyiha ish faoliyatini monitoring qilish uchun Shahar deputatlar kengashi doimiy komissiya a'zolaridan Ishchi guruhi tuzilgan. Uni amalga oshirishda Jizzax shahar hokimligi, Jizzax shahar XTMMTBTE, "Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘limi, "Comfortable edje richly life” MChJ kabi hamkor tashkilotlarning hissasi katta” - deydi viloyat "Istiqlol” Avlodi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari N.Kamolova.

 Bolalar maydonchasi bolalarning o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. U yerda joylashtiriladigan barcha jihozlarning bolalar uchun qiziqarli bo‘lishiga erishish zarur. Sport o‘yinlari orqali bolalar atrof-muhitni yaqindan tanishadi, o‘zaro muloqot qilishni o‘rganadi va mustaqil harakatlanish, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni paytda 41-sonli maktabgacha ta'lim muassasida 80 nafarga yaqin o‘quvchilar tarbiyalanmoqda. Yaqin qurib bitkazilgan sport maydonchasining ilk foydalanuvchilari esa bolajonlar bo‘lib, ular sportning 6 ta turi bo‘yicha jamoalar kesimida kuch sinashdi. Tadbir so‘ngida musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi. 

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-2]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3]
  • [rating-minus]Не нравится[/rating-minus]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-3]

Похожие новости:

Yoshlar festivalida 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar to‘garaklarga jalb etildi

Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar  to‘garaklarga jalb etildi
    "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi yo‘lida   Joriy yilning 20 may kuni Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi

750 nafar qizlarga sport kiyimlari topshirildi
Mamlakatimizda sportchi qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bag’ishlangan seminar bo’ldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bag’ishlangan seminar bo’ldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning o’rnini kuchaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bog’liq
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida "O’zavtosanoat”
Giyohvandlik-umr kushandasi
Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359
Оdam savdosi- millat kushandasi
Оdam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk
VATANNI SEVMOQ LOZIM
VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
Ma’naviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim
Архив