30 мая 2016

Jizzaxda O‘zMTDPning “Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni” mavzusidagi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi tomonidan Jizzax shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni” mavzusidagi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi devoni xodimlari, partiyaning tuman (shahar) tashkilotlari "Ayollar qanoti” yetakchilari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari a'zolari, ko‘rik-tanlovning tuman bosqichlari g‘oliblari, hunarmandlar, san'atkorlar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Jizzaxda O‘zMTDPning “Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni”  mavzusidagi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi

Ko‘rik tanlov O‘zMTDP a'zolari bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilib, uning maqsadi xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini, davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirish, siyosiy yetuk ayollarni partiya va jamoat ishlariga keng jalb qilish hamda tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

 

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar "O‘zini tanishtirish mahorati”, "Siyosiy-huquqiy sohada savol-javob” hamda "Partiya dasturiy maqsadlarini tushuntirish mahorati” shartlarida o‘zlarining siyosiy-huquqiy bilim salohiyati va qarashlarini, ijodiy qobiliyat va iste'dodlarini namoyon etdilar.

Tadbir so‘ngida ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari baholanib, g‘oliblar aniqlandi. Ular O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti kengashi tomonidan sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandilar. Ko‘rik tanlovning respublika bosqichiga Jizzax tumanidan Nargiza Aralova yo‘l oldi.

O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy

partiya tashkiloti Kengashi

matbuot kotibi A.Binokulov

 

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyida "Oila mustahkamligida nikoh yoshining ahamiyati” mavzuida O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat

Do’stlik tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi

Do’stlik tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi
O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Do‘stlik tuman partiya tashkiloti Kengashi tuman hokimligi bilan hamkorlikda «Hududdagi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ular faolyatini

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish” DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy