27 мая 2016

“KITOB BAYRAMI” – KITOBXONLARGA ZAVQ ULASHDI

Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan yurtimizning har bir go‘shasida ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan "Kitob bayrami” ham yig’ilganlarda katta taassurot uyg’otdi.

 

“KITOB BAYRAMI” – KITOBXONLARGA ZAVQ ULASHDI

 Jizzax viloyat hokimligi, O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan bir qator boshqarma va tashkilotlar hamkorlikda tashkil etgan "Kitob bayrami”da turli boshqarma va tashkilotlar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, noshirlar, o’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

 “KITOB BAYRAMI” – KITOBXONLARGA ZAVQ ULASHDI

Tadbir davomida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo’nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, "Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar targ’ibotiga bag’ishlangan nashrlar namoyishi hamda adabiy badiiy dasturlar bo’lib o’tdi. 

Unda so’zga chiqqanlar ma’naviyatni yuksaltirishda kitobxonlikning ahamiyati va roli, matbaa sohasida bo’layotgan o’zgarishlar, yangilanishlar va kitobxon yoshlar safini yanada ko’paytirish masalasini alohida ta’kidlashdi. Ko’p ming sonli kitobxonlarni birlashtirgan "Kitob bayrami”da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Z.Narzullayev ishtirok etdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Til millatning oynasi

Til millatning oynasi
Viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 26 yilligi munosabati bilan "Til millatning oynasi

«Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi

«Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi
2015 yil 28 may kuni Jizzax shahridagi «Yoshlar shaharchasi»da «Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi.  

Jizzaxda “Baxtim shu o’zbekning Zulfiyasiman!” nomli adabiy-badiiy tadbir bo’lib o’tdi

Jizzaxda “Baxtim shu o’zbekning Zulfiyasiman!” nomli adabiy-badiiy tadbir bo’lib o’tdi
2015 yilning 11 mart kuni Jizzax shahrida Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan "Baxtim shu o’zbekning Zulfiyasiman!” nomli adabiy-badiiytadbir bo’lib o’tdi.