25 мая 2016

Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

Maktab – bizga hayotning ilk saboqlarini o‘rgatgan, yoshlikning eng zavqli onlari o‘tgan muqaddas maskan. Oramizda maktabni bitirganiga ko‘p yillar bo‘lsada, u tomon oshiqmagan, aziz ustozlar diydori tomon shoshilmagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak.

Bugun 9 yil ta'lim olgan jonajon maktabidan uchirma bo‘lib ketayotgan o‘quvchilar yuragida cheksiz hayajon ko‘zlarida sog‘inchu yoshlari. Darhaqiqat, kelajak maqsadlari ulkan, ezgu marralar sari odimlayotgan yoshlarga maktab saboqlari mudom yo‘ldosh bo‘ladi. Muborak hadislarning birida "Ilm-yolg‘izlik damlarda yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir” deya bejizga aytilmagan.

25 may o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan joylarda uch avlod uchrashuvlari, madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilda Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarini bitirgan o’quvchilar soni 2630 nafarni tashkil etadi.

Shahrimizda joylashgan barcha umumta'lim maktablarida ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta'lim muassasasini bundan 10-20 yil avval bitirgan o‘quvchilar, 9 bitiruvchi sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

"1996 yilda 16 umumta'lim maktabini tamomlagan edik. Ayni paytda maktabda bo‘lgan o‘zgarishlar, yangilanishlarni ko‘rib ko‘zim quvondi. Eng muhimi, bundan 20 yil oldin maktabni bitirgan qadrdon sinfdoshlarimning quvonchi ta'riflashga til ojiz. Shu maktabdan saboq olgan o‘quvchilar hozirda vatanimiz ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishmoqda”, deydi uch avlod uchrashuvi ishtirokchisi Adiba Sattorova.

                                        Tadbirlardan fotolavhalar

Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

 

Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

 Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

Jizzax shahridagi 28 ta umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq jarang sochdi

  Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Yoshlar festivalida 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar to‘garaklarga jalb etildi

Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar  to‘garaklarga jalb etildi
    "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi yo‘lida   Joriy yilning 20 may kuni Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlariga Jizzax yoshlari jalb etildi

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlariga Jizzax yoshlari jalb etildi
Joriy yilning 4-9 aprel kunlari viloyatimizdagi ko‘plab ta'lim muassasalarida "Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki

Xayr, maktab – salom, kollej!

Xayr, maktab – salom, kollej!
Bugun respublikamizdagi barcha umumta'lim maktablari qatori viloyatimizda ham  "Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari "Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lamiz” shiori