20 мая 2016

Yoshlar festivalida 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar to‘garaklarga jalb etildi

Joriy yilning 20 may kuni Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Jizzax shahar hokimligi, "Mahalla” hayriya jamoat fondi, "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yoshlar shaharchasi”da "To‘garaklar yarmarkasi” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shahardagi barcha ta'lim muassasalari, "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” jamoat kengashi a'zolari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

 Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar  to‘garaklarga jalb etildi

 Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar  to‘garaklarga jalb etildi

 Festivaldan ko‘zlangan maqsad, umumta'lim maktabi o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlarini, "Yozgi ta'til-2016” mavsumida mazmunli tashkil etish, ularni fan va sport, musiqiy va amaliy san'at turlariga qiziqtirish, shu o‘rinda maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga jalb qilish, shuningdek, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishdan iborat.

  Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan, qiziqarli to‘ragaklar faoliyatiga oid festivalga 12000 dan ziyod o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari jalb etildi. Festivalda shahrimizdagi har bir ta'lim muassasasi 5 tadan to‘garak faoliyatiga oid yarmaraklarni namoyish etdilar.

 Shahrimizdagi Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida ayni paytda 5-9 sinf o‘quvchilarini jalb etgan 8 ta sport to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. "Yaqinda maktabimizning futbol jamoasi Andijon viloyatida o‘tkazilgan mintaqaviy saralash musobaqasida 3 o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shogirdlar orasida o‘zbek futbolini dunyoga tanitamiz deya o‘z oldiga aniq maqsadni qo‘ygan mahoratli sportchilar ko‘p”, deydi jamoa murabbiyi Bahodir Rashidov.

  Yoshlar festivalida  8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar  to‘garaklarga jalb etildi

 Darhaqiqat, yurtimizda yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash, ularni kasb-hunarga jalb etish borasida ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Milliy hunarmandchilik, azal-azaldan o‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan ulug‘ qadriyatlardan biri. 19 umumta'lim maktabining 9 sinfida tahsil oluvchi Sitora Burxonova maktabda tashkil etilgan "Mohir qo‘llar” to‘garagining faol a'zosi. U qo‘rig‘choqlarga milliy liboslar tikadi, ularning bosh kiyimlarini biser orqali bezatadi. Sitora yaratgan qo‘g‘irchoqlarning milliy liboslari bugungi yarmarkaga o‘zgacha zeb bag‘ishlab turibdi. Komila Abdurashidova rahbarlik qilib kelayotgan "Mohir qo‘llar” to‘garagida hozirda 50 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.

 Festivalda jami 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar yozgi ta'til mobaynida to‘garaklarga qatnashish istagini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan to‘garak rahbarlari bilan muloqotda bo‘lishdi, fkr almashishdi.

 Shuningdek, "Barkamol avlod” markazining ijodiy jamoalari, iqtidorli bolalar ishtirokida tashkil etilgan badiiy konsert dasturi yig‘ilganlarga namoyish etildi.

Shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlariga Jizzax yoshlari jalb etildi

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlariga Jizzax yoshlari jalb etildi
Joriy yilning 4-9 aprel kunlari viloyatimizdagi ko‘plab ta'lim muassasalarida "Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida mini-futbol bo’yicha “Istiqbol kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida mini-futbol bo’yicha “Istiqbol kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi
O’zbekiston XDP Jizzax viloyat Kengashi "Istiqbol” yoshlar qanoti tashabbusi bilan Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejining sport zalida viloyat Adliya, viloyat Ichki ishlar boshqarmalari, O’zbekiston

Oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligi davom etmoqda

Oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligi davom etmoqda
To‘g‘ri tarbiya, sog‘lom ma’naviy muhit, sifatli ta’limga oila-mahalla ta’lim muassasasining yaqindan hamkorligi orqali erishiladi.