20 мая 2016

Sug‘urta atamalarini bilasizmi?

Sug‘urta haqida atrofdagilardan ko‘p eshitgansiz? Uning imkoniyatlaridan foydalanishga qaror qildingiz. Ushbu jarayonda siz sug‘urta atamalariga duch kelishingiz tabiiy. Bu borada sizga ko‘mak berishga shaymiz.

 Sug‘urta nima? U qanday ma'noni anglatadi? Dastavval shunga to‘xtalsak. Sug‘urta deganda yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari xisobidan muayyan voqyea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.

 Sug‘urtalovchi - tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.

 Sug‘urtalash jarayonida sizga noma'lum bo‘lgan ayrim atamalarning mazmuni uning qanday ma'noga ega ekanligini bilib olsangiz, bu borada qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Aksincha, bu kabi atamalar sizni ko‘plab noqulayliklardan qutqaradi. Ularning ayrimlariga yuzlansak.

 Sug‘urta atamalarini bilasizmi?

Baholovchi atamasi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (xususiy tadbirkor)larga nisbatan ishlatiladi. U sug‘urtadagi zararning miqdorini aniqlovchi shaxsdir. Shuni unutmangki, sug‘urta kompaniyasi xodimlaridan tayinlanuvchi da'volar bo‘yicha mutaxassisdan farqli ravishda baholovchi mustaqil ekspert hisoblanadi.

 Ko‘pchiligimiz avtotransport vositalarini sug‘urtalashatamasiga duch kelganmiz. O‘z nomi bilan bu xalqaro amaliyotda yengil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, mototsikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug‘urta turiga kiritiladi.

Avtokaskodeb esa transport vositalarini bir vaqtning o‘zida "Olib qochish” va "Zarar yetkazish” qaltisliklaridan sug‘urtalashga nisbatan qo‘llaniladi.

Aktuar hisoblar– sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta rezarvlari va tariflarini shaklllantirishning matematik va statistik uslublarini o‘rganishdir.

 Sug‘urtalash jarayonida anderrayter atamasiga ham duch kelishingiz tabiiy. Anderrayter– ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sug‘urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sug‘urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug‘urtalashga (qayta sug‘urtalashga) qabul qilish, taklif stavkalarni va sug‘urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug‘urta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxsdir. Anderrayter kompaniyaning sug‘urta (qayta sug‘urta) portfelini shakllantirishga ma'sul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sug‘urta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bo‘lish shart.

Benefitsiar (Naf oluvchi)– sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta polisida sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta summasini oluvchi deb ko‘rsatilgan uchinchi shaxs. Sug‘urtalash jarayonida bir yoki undan ortiq kishilar ishtirok etishlari mumkin. Unga ko‘ra bu jarayon Birlashib sug‘urtalash deb nomlanadi.

 Sug‘urta atamalarini bilasizmi?

 Bonus atamasi ham sizga yaxshi tanish. Bonus– sug‘urtalashda: hayotni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini investitsiya qilishdan foyda olgan sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta polisi egasiga oddiy to‘lovlardan tashqari to‘lanadigan summa, ya'ni kompaniya foydasida ishtiroki bilan polislar egalariga tarqatiladigan yoki ular uchun mo‘ljallangan pul mablag‘laridir.

 Bu kabi atamalar aslida boshqa sohalarda ham uchraydi. Ammo nazdimizda ahamiyatsizdek ko‘ringan ilmiy atamalardan boxabar bo‘lish ham shu soha yuzasidan bilimlarimizni mustahkamlashimiz, savollarga javob topishda ko‘mak beradi.

M. Yoqubova


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi haqida bilasizmi?

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi haqida bilasizmi?
"Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2008 yil 11 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. 2009 yil 27

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini ulug‘lash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik

Axborotni sug‘urtalash: axborot xavfsizligini ta’minlashning istiqbolini belgilaydi

Axborotni sug‘urtalash: axborot xavfsizligini ta’minlashning istiqbolini belgilaydi
Hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish amrimahol. Biroq yangi imkoniyatlar o‘zi bilan kutilgan va kutilmagan xatarlarni boshlab kelishi bor gap. Shunday ekan, ushbu jarayonda yangi