18 мая 2016

IQTIDORLI YOSHLAR JONLI IJRODA KUYLASHDI

 Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston "Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi tomonidan saylovoldi dasturda belgilangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini namoyon etishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Darhaqiqat, yoshlar-mamlakat kelajagi, jamiyatning tayanchi va ajralmas qismidir. Partiya yoshlarning salohiyatini, Vatanga xizmat qilishga yo‘naltirishni o‘z vazifasi deb biladi.

Bolalarning ruhiy, ma'naviy dunyosini va madaniy saviyasini o‘stirib borish, ularning milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi asarlari bilan oshno bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish partiya salovoldi dasturidagi muhim vazifalardan biridir.

17 may kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi Jizzax shahar partiya tashkiloti tashabbusi bilan O‘zMTDP saylovoldi platformasining yoshlarga oid vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax Davlat pedagogika instituti, Jizzax San'at kasb-hunar kolleji, Jizzax shahar Madaniyat va sport ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston yoshlari: biz hyech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida iqtidorli yoshlar ishtirokida jonli ijrodagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

IQTIDORLI YOSHLAR JONLI IJRODA KUYLASHDI

Ushbu tadbir jonli ijroga ishtiyoqmand muxlislarni birlashtira oldi. Konsertning badiiy qismini o‘zbek, sharq, turma musiqasi "Boburxon” doirachilar guruhi ochib berdi.

  Undan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va fidoiylik ruhida tarbiyalash, ularda yurtimizdagi mustaqillik, tinchlik va hozirda mavjud sharoit hamda imkoniyatlarga bo‘lgan shukronalik hissini yanada rivojlantirish, jahon va milliy musiqa san'ati durdonalari bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish orqali ularda yuksak badiiy didni shakllantirish, ijodkor yoshlar, jumladan, turli festival va tanlov g‘oliblari uchun ijodiy maydon yaratishdan iboratdir.

     IQTIDORLI YOSHLAR JONLI IJRODA KUYLASHDI

IQTIDORLI YOSHLAR JONLI IJRODA KUYLASHDI

Konsert dasturida Jizzax Javlat pedagogika instituti Musiqa fakulteti hamda Jizzax San'at kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan, turli darajadagi musiqiy tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar milliy hamda jahon musiqasi asarlarini jonli tarzda ijro etib, o‘zlarining bu boradagi qobiliyatlarini yana bir-bor sinovdan o‘tkazdilar.

  "Bugungi konsert dasturi orqlali biz o‘z imkoniyatlarmizni yana bir bor omma oldida namoyon etdik. Xalqimizda jonli ijrodagi musiqiy san'at asarlariga nisbatan yuksak ehtirom tushunchasi azal-azaldan shakllangan. Shu boisdan bu yerga yig‘ilganlar, muhlislar va tashkilotchilar barchamizni birdek qo‘llab-quvvatlaganliklari qalbimizdagi iftihor tuyg‘usini yanada yuksaltirdi”, deydi konsertning eng yosh ishtirokchisi Fayoz O‘sarov.

 

IQTIDORLI YOSHLAR JONLI IJRODA KUYLASHDI

O‘zbekiston "Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi viloyat hamda shahar, tuman kengashlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni muntazam tashkil etib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

 O‘zbekiston "Milliy tiklanish”Demokratik partiyasi

Jizzax shahar partiya tashkiloti


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

IQTIDORLI YOSHLAR ISHTIROKIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

IQTIDORLI YOSHLAR ISHTIROKIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax davlat pedagogika instituti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, O‘zbekiston

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdii

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdii
Viloyat Moliya boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi.  

Zominda milliy o‘yinchoqlar festivali bo‘ldi

Zominda milliy o‘yinchoqlar festivali bo‘ldi
O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, partiya Jizzax viloyat va Zomin tuman Kengashlari "Ayollar qanoti” tomonidan Zomin tumanidagi 12 - son bolalar musiqa va san’at