17 мая 2016

E'LON

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot

Vazirligining 2016 yil 10 maydagi

5-1/20-59-sonli telefonogrammasiga oid


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.04.2016 yil PQ-2520-sonli "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini davlat xaridi va ishlatilishi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:

qayta ishlash uchun mahsulot sotib olishga "O‘zbekoziqovqatxolding” XK;

zaxira g‘amlashga "O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi;

eksport qilishga esa "O‘zagroeksport” ITSK mas’ul etib belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 apreldagi 01-03-05-17-sonli bayonining 13-bandi hamda ushbu yig‘ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta'minlash to‘g‘risidagi 27 apreldagi 03-05-17-sonli nazorat rejasiga asosan:

2016 yil 15 mayga qadar meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari bilan davlat buyurtmasi bo‘yicha, eksportga, qayta ishlashga, zaxiraga, meva-zabzavot, uzum, poliz va kartoshkani sotib olish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish;

2016 yil 1 iyuliga qadar meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va agrofirmalar mahsulot xaridi uchun fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ko‘mak mablag‘lari ajratish belgilangan.

Joriy yilning 16 may kuni Vazirlar Mahkamasi Rayosat yig‘ilishi kun tartibiga davlat buyurtmasiga asosan kontraktatsiya shartnomalari tuzish masalasi qo‘yilganligi sababli hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot tayyorlash maqsadida tegishli ma'lumotlarni bir kun muddatda shahar hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma bo‘limiga taqdim etishingizni so‘rayman.

 

                      Shahar hokimi                   A.Qobilov

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi "2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasini tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Jizzax shahar hokimi qarori

Jizzax shahar hokimi qarori
Shahar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni

Jizzax viloyat hokimligida matbuot anjumani bo'ldi

Jizzax viloyat hokimligida matbuot anjumani bo'ldi
2015 yil 19 fevral kuni viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan "Viloyatning lalmi maydonlarida tashkil etiladigan intensiv bog’dorchilik, uzumchilik xo’jaliklari hamda ularning istiqbollari