16 мая 2016

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi haqida bilasizmi?

"Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2008 yil 11 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. 2009 yil 27 martda Senat tomonidan ma'qullanib, shu yilning 17 apreldan mazkur qonun kuchga kirgan.

Unga ko‘ra, barcha ish beruvchilar xo‘jalik sub'ektlarining mulkchilik shaklidan qat'iy nazar ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga majburdirlar. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda, uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha huquqini amalga oshirishga ko‘maklashish, mazkur zararni qoplash bilan bog‘liq ish beruvchining mulkiy manfaatlarini himoya qilish uning asosiy maqsadidir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy sug‘urta shartnomasi hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi haqida bilasizmi?

Qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan ayni paytda jamiyat tomonidan ko‘plab amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ko‘ra, sug‘urta puli quyidagi talablar asosida to‘lanadi:

- Faoliyatni 1 yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun – ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan oydan oldingi 12 oy uchun ish beruvchining barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida;

- o‘z faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun – ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyin keladigan 12 oy uchun ish beruvchining barcha xodimlarining 1 yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi 1- oydagi ish haqi miqdorini 12 ga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi;

- 1 yildan kam bo‘lgan muddatga faoliyatni amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun – ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida.

Diqqat! Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda

Ish beruvchi tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlar quyidagilar:

- Ish beruvchining yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchi nomiga yozilgan yozma ravishdagi arizasi;

- yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha ish beruvchining buyrug‘i nusxasi;

- Xodimning yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchining nomiga zararni qoplab berish talabi aks etgan ariza nusxasi;

- Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgunga qadar xodimning yillik yoki o‘rtacha oylik ish haqi ma'lumotnomasi;

- Mehnat shartnomasi nusxasi;

- Kasb kasalligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;

- Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini va oqibatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (Sud qarori, Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi va salomatlikka boshqacha tarzda shikast yetgani to‘g‘risida dalolatnoma, tmek xulosasi)

- Xodim vafot etgan hollarda xodimning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tomonidan tasdiqlangan nusxasi va manfaatdor shaxsning sug‘urta qoplamasini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlardan iborat.

Hurmatli fuqarolar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi imkoniyatlaridan unumli foydalanaylik!

Ma'mura Yoqubova


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini ulug‘lash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik

O‘zbekistonda yangi Yo‘l harakati qoidalari joriy qilinmoqda

O‘zbekistonda yangi Yo‘l harakati qoidalari joriy qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son qaroriga muvofiq 2016 yil 1 martdan yangi Yo‘l harakati qoidalari (YHQ)  kuchga kiradi.  

Jizzaxda o’tgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa ro’y berdi

Jizzaxda o’tgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa ro’y berdi
Jizzax shahar Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi O’zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonun ijrosiga bag’ishlangab seminar