14 мая 2016

LIbos - tarbiya darakchisi

"Kiss me”,"Only for you”,"I love you”,"Love me”, "Dirty dancer”, "Bad girl”…

Bozor rastalarini aylanar ekansiz, qizlar nazdida zamonaviy, yarim yalang’och futbolkalar ustidagi bu so’zlardan yoqa ushlaysiz. Ko’rib ko’zing istihola qiladigan kiyimda ular o’zlarini shunchalik bamaylixotir sezib, go’yo so’nggi moda bilan hammani lol qoldirganday g’ururlanib qo’yishlarini-ku asti qo’yavering. Jamoat joylarida, ko’chalarda uchragan odamning avvalo, uning libosiga nazar tushadi. Ayniqsa, otasi tengi yoshi kattalar oldida bu alfozda yurish nafaqat qizlar uchun, balki, yigitilar uchun nomus ekanligini nahotki "moda ishqibozlari” bilishmasa.

Xalqimiz azal-azaldan umrboqiy an’ana, milliy urf-odatlari bilan nom taratgan. Uvaysiy, Nodirabegim, Zebiniso, Zulfiyaxonim kabi axloqu, tafakkurda, iste’dodda tenggi yo’q o’zbek ayollarining hayot yo’li avlodlar uchun katta ibrat maktabidir. E’tibor bersak, o’zbek ayollari nafaqat o’zining latofati, balki, kiyinish odobi, libos tanlash madaniyati bilan ham ko’pchilikka o’rnak bo’lishgan.

 

Shu o’rinda haqli savol, nega ayrim "zamonaviy” yoshlar bu an’analardan yuz burishmoqda. Beo’xshov liboslar, yasama kipriklar, jilosini yo’qotgan sochlar tabiiy go’zallik jozibalarini yashirib qo’ymayaptimikan? Shunday kezda belga tushadigan qirq kokil, sumbul-sumbul qora sochlaru, uzun, burma ko’ylaklar bizdan "arazladimi?”

— Bugungi globallashuv jarayonida insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berilmoqda,— deydi "Olmazor” mahalla fuqarolar yig’ini maslahatchisi Oftoboy Nishonova. — Dunyodagi ayrim kuchlar shunday ham murakkab dunyoni yanada murakkablashtirishga zo’r berayotganliklari hammaga kundek ravshan. Xususan, doimo zo’ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar "ommaviy madaniyat” shiori ostida turli salbiy g’oyalarni, ayniqsa, yoshlar o’rtasida keng targ’ibotni kuchaytirmoqda. Bu jarayon esa turli janrdagi fil’mlar, seriallar, rang-barang ko’ngilochar shou-tomoshalar, o’yinlarni qamrab olayapti. Achinarlisi, ommaviy madaniyat niqobida aksilmadaniyat paydo bo’lib, tobora keng yoyilayotir.

  LIbos - tarbiya darakchisi

 LIbos - tarbiya darakchisi

 Darhaqiqat, kimki "ommaviy madaniyat” ortidan ergashsa, o’zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar "iste’molchisi”ga aylanib qoladi. O’z-o’zidan ravshanki, "ommaviy madaniyat” asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o’ziga tortadi. Haddan tashqari modaga o’chlik, kiyimparastlik ham "ommaiy madaniyat”ning bir ko’rinishi aslida. Bugun zamonaviy kiyingan yoshlar, ertaga eng zamonaviy telefon apparatini tutishni istaydi, disko klublarga boradi. Shu asnoda bora-bora turli illatlar qarmog’iga ilinishi turgan gap. Yoshlar yangilikka o’ch qatlam. Odatda ta’qiqlangan narsalar ularni o’ziga ohangrabodek tortadi. Ta’qiqlangan fil’mlar, kiyimlar, illatlar va hokazo…

 — Ta’lim muassasalarida ham o’quvchilar uchun namuna hisoblangan kiyimlar mavjud, — deydi Jizzax shahridagi 10-son umumta’lim maktabi direktori To’lqin Yunusov. — Shunday bo’lsada, "Men forma kiyganman” qabilida qaddini g’oz tutayotgan qizlarning yubkalari juda kalta va tor ekanligidan diling xira bo’ladi. Hozir qizlar uchun tepa qismi keng pasti tor bo’lgan shim, yelka va yeng qismlari yirtilgan, belgacha uzunlikda bo’lgan koftalar urfda emish. Ayniqsa, yoz oylarida ko’cha-ko’yda qizlarning bu kabi yarim yalang’och liboslarda yurishlari odat tusiga aylanganligining o’zi tashvishlalarnli holdir.

Tarbiya avvalo oiladan boshlanadi. O’z uyida otasi yoki akasidan hayiqmagan qizlar hech bo’lmasa, vijdoniga "men to’g’ri ish qilyapmanmi” degan savolni berib ko’rishganda yaxshi bo’lardi. To’g’ri, zamon zamonaviylikni talab qilar, ammo zamonaviylik duch kelgan kiyimni egniga ilish, o’zini ko’z-ko’z qilish, uyatga qolish degani emasku. Hatto mashhur moda ixlosmandlari tomonidan inson o’ziga qulay, sog’ligi uchun foydali libosda o’z uslubini yarata olgani bu modadagi yangilik deya qaralgan.

Qiz bola – bo’lajak oila bekasi, avlodlar davomchisi. Inson salomatligini mustahkamlashda liboslarning ham o’rni bo’lakcha. Tibbiyot xodimlari tomonidan so’nggi modadagi liboslar, tor bichimdagi shim va yubkalarning qizlar salomatligi uchun zararligi isbotlangan. Tana a’zolarining zo’riqishiga sabab bo’luvchi, tabiiy matolardan tikilmagan liboslar salomatlik uchun jiddiy xavf tug’dirishi muqarrar. Bu haqida hayotiy tajribaga ega bo’lgan onalar jilla qursa o’z qizlariga buni aytishsa, kelajakdagi nohush holatlarning oldini olgan bo’lar edilar.

Insonning fe’l-atvorini uning kiyinishidan ham bilish mumkin ekan. Pala-partish, kir-chir kiyimda yuradiganlarning aksariyati badfe’l kishilar bo’lgani kabi didu farosat bilan kiyinish yuksak odob belgisi sanaladi. Shu o’rinda bir voqeani esga olaylik.

"Yon qo’shnimizning xotin-qizi uzun kiyim kiyadigan bo’lib qolishdi, — dedi u. — Ochig’i, xursand bo’ldim. Chunki qo’shnim, oila boshlig’i.

  Sodiq aka nihoyatda xushfe’l inson bo’lgani bilan xotini gap-gashtakka, hashamga o’ch. Kunda-kunora Sodiq akaga hali u yo’q, hali bu yo’q deb, mojaro qilardi. Qizlariyam onasiga tortgan tannoz — na salomni biladi, na qo’shnichilikni. Xullas, ularning to’satdan uzun-uzun ko’ylaklar kiyib, ro’mol o’rab yurishlari butun mahallamizning diqqatini tortdi. To’g’risi, bunday quvondim. Lekin quvonchim uzoqqa cho’zilmadi. Bir kuni ishdan keyin uyga borsam, kelinoyingiz gap topib keldi. Nima emish, Xosiyat (Sodiq akaning xotini) yaqinda Dubayga borarmish. U yoqlarda kiyimga o’ranib yuradigan xotin-qizlarga boshqacha ehtirom ko’rsatilarmish. Bajarish yengil, maoshi ko’p to’lanadigan ishlar ham ana shunday ayollarga nasib etarkan. Qo’shnimiz bu gapni kimdandir eshitgan zahoti qizlariga ham, o’ziga ham shunday kiyimlar xarid qilibdi. Ayni paytda xorij sayohatiga tayyorgarlik ko’rayotgan ekan. Ana xolos, dedim xotinimning gapini eshitib. Men bo’lsam, Sodiq akaning boshiga baxt qushi qo’nibdi, deb yuribman. Nahotki, asl qiyofani, fe’l-atvordagi qusurlarni shu yo’l bilan bekitish mumkin bo’lsa?!”

 LIbos - tarbiya darakchisi

 Insonning fe’l-atvorini uning kiyinishidan ham bilish mumkin ekan, – deydi O’zbekiston Musulmonlar idorasining Jizzax viloyatidagi vakilining o’rinbosari Botirxon Ro’ziyev. Keyingi paytlarda ba’zi ayollar modaga ko’r-ko’rona taqlid qilishmoqda. Darhaqiqat, azaliy qadriyatlarimiz bizni mudom odob-axloqli, hushxulq bo’lishga undaydi. Bu bilan biz yoshu qari kiyimga burkanib olishni nazarda tutmayapmiz. Kalta kiyim kiyganning hammasi behayo bo’lmaganidek, odoblilik ham faqat o’ranib kiynish bilan o’lchanmaydi. Aslida "ommaviy madaniyat”dan ortda qolishni istamaydigan, o’zini "ko’z-ko’z” etishni hush ko’radigan, boshqalardan ajralib turishga o’rganganlargina mana shunday liboslarda yurishadi.

 Shu boisdan ham mamlakatimizda qabul qilingan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarda yoshlarni ma’naviyatimiz, sog’lom turmush tarzimizga yot g’oyalar, ayniqsa, "ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolishdan asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 apreldagi "2010-2015 yillarda bolalar va o’smirlarni ma’naviy kamol toptirishga yo’naltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi to’g’risida”gi, 2011 yil 14 oktyabrdagi "Bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga, sog’lom va barkamol avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, "Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog’lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida yosh avlodni "ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, bu boradagi ishlarga davlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish masalalariga katta ahamiyat berilgan.

Prezidentimizning "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida yozilganidek:"Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda”.

Libos — millatning madaniyat belgisi, ma’naviyat timsoli, qadriyatning bir ko’rinishi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, har kim o’z vijdoniga yarasha ish tutishi, "ommaviy madaniyat”ning jozibador ko’rinishining qurboniga aylanib qolmasligi lozim.

Abulqosim Ahmedov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari,

Ma’mura Yoqubova, Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari.

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

IJTIMOIY TARMOQ – BO‘LISHI MUMKIN QARMOQ

IJTIMOIY TARMOQ – BO‘LISHI MUMKIN QARMOQ
-Go‘zal, "Telegram”da kamnamosan, tinchlikmi? Hatto yakshanba kunlari ham online bo‘lar eding. -Qo‘y, gapirma shu internetni, o‘rtoqjon. Endi hech qachon o‘zim yaxshi tanimagan bilmagan odamlarga

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi
Ma'lumki, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm ko‘plab oilalar, xalqlar boshiga mislsiz kulfat solmoqda. O‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bu kabi manqurt, razil

Farzandlari e’zozdagi yurt

Farzandlari  e’zozdagi  yurt
 Bu borada qilinayotgan ishlarni yoritishda  ommaviy axborot vositalari hamda  matbuotning o’rni katta  albatta.