13 мая 2016

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA

Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlariga xizmat qilish, uning qadr-qimmatini ulug‘lash kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida turli sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklarning barchasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ularga har jihatdan qulaylik, yoshlar uchun esa keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Amaldagi qonun hujjatlari ham fikrimiz isbotidir.

Ayni paytda fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish, ularga turli qulayliklar yaratish maqsadida keng miqyosda transport qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ma'lumki, transport vositalari egalarining yo‘l harakati mobaynida amal qilishlari kerak bo‘lgan vazifalari belgilangan nizomda alohida ko‘rsatilib o‘tilgan. Shu kunga qadar transport vositalari qatnovini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, haydovchi va yo‘lovchi manfaatlarini himoya qilish, yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan bir necha qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 2008 yil 24-iyundagi Vazirlar Mahkamasining 141-sonli "Transport vositalari egalarining fuqaro javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham shular jumlasidandir. Keling, shu o‘rinda ushbu qonun va uning mazmun mohiyatiga e'tiboringizni qaratsak.

SUG‘URTA QONUNLARI AMALDA

Unga ko‘ra mazkur qonunning maqsadi - transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning 3 moddasida jabrlanuvchi, kompensatsiya to‘lovlari, sug‘urta hodisasi, sug‘urtalovchi kabi jihatlarga e'tibor berilgan. Xususan, transport vositasining egasi - transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, o‘z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan, transport vositasining mulkdori yoxud o‘zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo‘lmaydi. Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.

Qonunda ta'kidlanganidek majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplariga umumiylik, majburiylik, jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining kafolatlanishi kabi tushunchalar kiradi.

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Majburiy sug‘urta obyekti deb nimaga aytiladi?

Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir.

Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin. Qonunda sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar ham belgilangan bo‘lib, ushbu siylovlarni olish huquqiga quyidagi shaxslar ega:

- 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 1941—1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;

- konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;

- xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;

- Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;

- pensionerlar;

- nogironlar.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Sug‘urta mukofoti summasining qolgan 50 foizi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan sug‘urtalovchining sug‘urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e'tiboran o‘n besh kun ichida qoplanadi.

Sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchining o‘ziga tegishli bitta transport vositasi bo‘yicha majburiy sug‘urta qilinganda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov to‘g‘risida sug‘urta polisiga tegishli belgi qo‘yiladi. Shu bilan birga qonunda sug‘urta tovoni miqdori, sug‘urtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi, kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish, majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish kabi jarayonlarning qonuniy asoslari bilan tanishish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu qonunlarning mazmun mohiyatini chuqur anglab, hayotga tadbiq etish, o‘z huquq va erkinliklarimizdan foydalangan holda sug‘urtalashning qonuniy asoslariga amal qilish har bir fuqaroning burchidir.

Ma'mura Yoqubova


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

O‘zbekistonda yangi Yo‘l harakati qoidalari joriy qilinmoqda

O‘zbekistonda yangi Yo‘l harakati qoidalari joriy qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-son qaroriga muvofiq 2016 yil 1 martdan yangi Yo‘l harakati qoidalari (YHQ)  kuchga kiradi.  

Axborotni sug‘urtalash: axborot xavfsizligini ta’minlashning istiqbolini belgilaydi

Axborotni sug‘urtalash: axborot xavfsizligini ta’minlashning istiqbolini belgilaydi
Hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish amrimahol. Biroq yangi imkoniyatlar o‘zi bilan kutilgan va kutilmagan xatarlarni boshlab kelishi bor gap. Shunday ekan, ushbu jarayonda yangi

Jizzaxda o’tgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa ro’y berdi

Jizzaxda o’tgan yili ish beruvchilarning aybi bilan 6 ta baxtsiz xodisa ro’y berdi
Jizzax shahar Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi O’zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonun ijrosiga bag’ishlangab seminar