12 мая 2016

Al-Xorazmiy merosi haqida maqola Germaniyaning "Polizeichor" jurnalida chop etildi

Jurnal, shuningdek, o‘z o‘quvchilarini O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Shahrisabz singari ko‘hna shaharlari bo‘ylab sayohat qilishga ham da'vat etgan. Germaniyada nashr etiladigan "Polizeichor” haftalik ijtimoiy-madaniy jurnalida buyuk o‘zbek olimi Al-Xorazmiyning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z borar ekan, unda Xorazm O‘zbekistonning Farbiy qismida joylashgani mazkur hududda IX — XIV asrlarda ilm-fan hamda madaniyat yuksak taraqqiy etgani, bu ko‘hna zaminda yetuk olimlar va mutafakkirlar, shu jumladan, Abu Abdulloh (Abu -Ja'far) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tavallud topgani ta'kidlanadi.

 

Al-Xorazmiy merosi haqida maqola Germaniyaning "Polizeichor" jurnalida chop etildi

 

Nashr o‘z o‘quvchilarini bobokalonimizning hayoti hamda ijodi bilan batafsil tanishtirar ekan, Al-Xorazmiy Movarounnahrning buyuk olimlaridan boshlang‘ich ta'limni olgani, u al-Ma'mun xalifaligi davrida tashkil etilgan akademiya — "Donishmandlik uyi”ga rahbarlik qilganini ham jurnalxonlar e'tiboriga havola - etgan. "O‘zbek olimi matematika, astronomiya, jug‘rofiya singari sohalardagi salmoqli tadqiqotlarning, xususan, "Hind hisobi haqida risola” hamda uning nomidan "algebra” atamasi kelib chiqqan "Al-jabr va al-muqobala” kabi asarlarning muallifi sanaladi. Al-Xorazmiy ilk bor to‘g‘ri chiziq, to‘rtburchak tenglamalarini yechishning umumiy usullarini o‘z ichiga olgan algebrani mustaqil fan sifatida namoyish qildi”. Maqolada alohida e'tirof etilganidek, Al-Xorazmiyning ijodi butun dunyoda, shu jumladan, yevropa mamlakatlarida ham mashhurdir. Mutaxassislar olimning ilmiy merosini yuqori baholab, uni "O‘z davrining buyuk matematik olimi”, deb atashadi. "Polizeichor” jurnalida yozilganidek, "Al-Xorazmiyning asarlari lotin va boshqa ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. Ular asosida matematika bo‘yicha turli o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan. Olimning ilmiy ishlari Uyg‘onish davri ilm-fanlarining paydo bo‘lishida ham muhim o‘rin tutgani holda, Sharq hamda Farb mamlakatlarida O‘rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan”.

 

Manba: «Jahon» AA

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi
"Navro‘z” nashriyoti tomonidan joriy yilda "Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi,deb yozadi"O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Ushbu kitob

“O‘zbekiston bag‘ri keng diyor” fotoko‘rgazmasi davom etmoqda

“O‘zbekiston bag‘ri keng diyor” fotoko‘rgazmasi davom etmoqda
Fevral oyi davomida Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab "O‘zbekiston - bag‘ri keng diyor” nomli fotoko‘rgazma o‘tkazib kelinmoqda.    

Til millatning oynasi

Til millatning oynasi
Viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 26 yilligi munosabati bilan "Til millatning oynasi