11 мая 2016

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi

"Navro‘z” nashriyoti tomonidan joriy yilda "Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi,deb yozadi"O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Ushbu kitob Toshkentning 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlab chiqarilgan "Toshkentnoma” (2004, 2009) kitobining davomi sifatida yana to‘liq ma’lumot bilan boyitilgan.

Ushbu risolada hozirgi Toshkent hududida yashab, faoliyat olib borgan ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan olimlar, aziz-avliyolarning ibratli hayoti, ularning fikrlari va hikmatlari bayon qilingan. Risola mualliflari bir qator tarixshunos olimlar, me’moriy yodgorliklar mutaxassislari, arxeolog va manbashunoslar ko‘magi bilan hozirgacha saqlanib qolgan yozma manbalar va og‘zaki rivoyatlar asosida to‘plangan.

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi

 Risola 130 sahifadan iborat va 40 nafar aziz-avliyolar (Qaffol Shoshiy, Zangi Ota, Cho‘pon ota kabi), 6 nafar Toshkent hokimlari va 30 ga yaqin Toshkentning taniqli ziyoli va amaldorlari (Chilonzor ota, Yalang‘och Ota kabi) haqida ma’lumotni o‘z ichiga jamlagan.

Kitob so‘ngida "Toshkentdagi aziz insonlarning payg‘ambarimizga qadar bo‘lgan shajaralari” hamda "Ko‘hna Toshkentning daha va darvozalari xaritasi” ilova qilingan.

Ushbu kitob Toshkentdagi ko‘plab ko‘cha, mahalla, tuman kabi joy nomlari (toponimlar) kelib chiqishi, ziyoratgohlar tarixiga qiziquvchi kitobxon uchun zarur manba bo‘lishidan tashqari, sayyohlik kompaniyalari va gidlar uchun chet ellik va mahalliy sayyohlarni ziyoratgohlar bilan tanishtirish ekskursiyalarida foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.Yaqin kunlarda kitobning rus va ingliz tilidagi tarjimalari ham sotuvga chiqariladi.

"Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” kitobini Toshkent shahridagi kitob do‘konlaridan xarid qilish mumkin.


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

7 декабрь дам олиш куни деб эълон қилинди

7 декабрь дам олиш куни деб эълон қилинди
5 декабрь шанба дам олиш куни 7 декабрь душанба кунига кўчирилди.  

Soliq hisobotlari kamaytirilishi nima berdi?

Soliq hisobotlari kamaytirilishi nima berdi?
Endilikda, davlat statistika, moliya, soliq hamda boshqa hisobotlardan 65 turi bekor qilindi, bir-birini takrorlovchi 23 turdagi statistika va 12 turdagi soliq hisobotlarini birlashtirish evaziga,

«Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi

«Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi
2015 yil 28 may kuni Jizzax shahridagi «Yoshlar shaharchasi»da «Kitob beminnat ustoz, benazir murabbiydir» shiori ostida Kitob bayrami o‘tkazildi.