17 декабря 2014

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi

2014 yilning 17 dekabr kuni Jizzax shahar hokimligida BMT Taraqqiyot Dasturining "Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash:2-bosqich” loyihasi tomonidan 2010-2013 yillarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2014-2017 yillardagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi  

Jizzax shahri va tumanlar hokimliklari mutaxassislari, viloyat faollari ishtirok etgan tadbirda viloyatda mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirish, elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish, aholini davlat boshqaruvi organlari faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va boshqa sohalarda olib borilgan ishlar, uning samaralari tahlil etildi.

                   Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi  

- Bundan 4 yil avval boshlangan mazkur loyihaning maqsadi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalash, mahalliy boshqaruv organlari hisobdorligi va ularning faoliyati ochiqligini ta’minlash, xududlarni rivojlantirishdir. Loyiha yo‘nalishlari birinchi bosqichda Namangan va Jizzax hamda ikkinchi bosqichda Toshkent viloyatlarida namunaviy tarzda amaliyotga tadbiq etilmoqda, deydi loyiha menejeri Dilshod Isroilov. Aynan ushbu loyihaning birinchi bosqichi doirasida Jizzax va Namangan viloyatlarida 6 ta Axborot xizmatlari tashkil etilib, eng so‘nggi turdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida elektron hujjat aylanish tizimi o‘rnatildi. Bundan tashqari Jizzax va Namangan shaharlarida "Yagona oyna” markazlari o‘z faoliyatini boshladi. 

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi  

Tadbirda shuningdek, loyiha doirasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha muloqot o‘rnatish, mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyati haqida aholining xabardorligini, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda NNT va xususiy sektor ishtirokini ta’minlash borasida yaxshi samaralarga erishilgani alohida qayd etildi.

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi  

Taqdimotda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining ikkinchi bosqichining asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar borasida yig‘ilganlarga atroflicha axborot berildi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  ·     O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan loyiha natijalari ijobiy baholanib, 2017 yil dekabr oyigacha uzaytirildi;

  ·     Loyihani amalga oshirishga jami $2,400,000 miqdorida mablag‘ jalb qilindi;

  ·     Loyihaning 1-bosqichida amaliy natijalar (Axborot xizmati, Yagona oyna markazi) ga ko‘proq e’tibor qaratildi. Lekin, natijalarning huquqiy asosini yaratilmaganligi tufayli, ularning barqarorligi etarli darajada ta’minlanmadi;

  ·        Shu asosda, loyihaning 2-bosqichida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga e’tibor qaratiladi.

  ·     BMTTD byudjetidan loyiha uchun 2014-2015 yillarga jami $700,000 ajratildi.

  ·      2014 yil byudjeti $350,000.

  ·      Loyiha tomonidan quyidagi grantlar jalb etildi:

1) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi granti- $160,000(Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish);

2) Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi granti - $13,000 (Hududiy rivojlantirish strategiyasi uchun metodika ishlab chiqish).

 ·       BMTTD byudjetidan loyiha uchun qo‘shimcha$35,000ajratildi.

Loyihaning 2015-2017 yilga mo‘ljallangan rejasi:

Tadqiqotlar yo‘nalishlari:

·       Davlat boshqaruvi va mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish;

 ·     Davlat xizmatlarini takomillashtirish;

 ·     Davlat xizmatchilarini salohiyatini oshirish;

 ·    Hududlarni barqaror rivojlantirish.

Huquqiy-meyoriy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni ijrosiga ko‘maklashish:

·   "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun;

 ·  "Davlat xizmati to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi;

 ·    "Yagona oyna markazlarini joriy etish to‘g‘risida” gi Hukumat qarori loyihasi;

 ·    "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” gi Qonun ijrosi. 

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi  

Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardilar.

 

 


 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Toshkentda Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 25-yilligini yoritishda OAV salohiyatini kuchaytirish loyihasi oraliq natijalari muhokama etildi

Toshkentda Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 25-yilligini yoritishda OAV salohiyatini kuchaytirish loyihasi oraliq natijalari muhokama etildi
 2014 yil 28 noyabr kuni Toshkent shahrida «Sog‘lom bola yili» va Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 25-yilligini yoritishda OAV salohiyatini kuchaytirish loyihasi

Jizzaxda “Bolalar bilan muloqot qilishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Jizzaxda “Bolalar  bilan muloqot qilishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
 Bolalar jurnalistikasida, xususan bolalardan intervyu olish jarayonlarini tashkil etish, turli muammoli bolalar bilan ishlashda jurnalistdan talab etiladigan qator jihatlar mavjud. Bunda

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bag’ishlangan seminar bo’ldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bag’ishlangan seminar bo’ldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning o’rnini kuchaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bog’liq

“Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari o’rtasida ijtimoiy sheriklik bo’yicha eng yaxshi g’oya” tanlovi to’g’risida e’lon

“Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari o’rtasida ijtimoiy sheriklik bo’yicha eng yaxshi g’oya” tanlovi to’g’risida e’lon
 Assotsiatsiya "Sog’lom bola yili” Davlat dasturi va "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bajarilishini bog’lagan holda, Assotsiatsiya o’z

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: